Netanyahu Xitoy va Qatarga jiddiy ayblov qöydi
15-09-2025, 21:51
138 марта

Netanyahu Xitoy va Qatarga jiddiy ayblov qöydi
Isroil Boş vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat Ğazo sektoridagi uruş tufayli iqtisodiy izolyatsiya davriga kirayotganini aytdi.Xususan, uning fikriça, Xitoy va Qatar Isroilning “qonuniyligiga hujum qilişga” tayyorlanmoqda.
"Bir neça davlatlar taşkil qilayotgan qamaldan çiqiş uçun bir qança işlarni qilişimiz kerak böladi. Ulardan biri Xitoy, ikkinçisi Qatar. Ular Ğarb dunyosi ijtimoiy tarmoqlarida Isroilning qonuniyligiga qarşi hujum uyuştirmoqda", - dedi Benyamin Netanyaxu AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio bilan bölib ötgan matbuot anjumanida (videoyozuv Isroil hukumatining Youtube kanalida elon qilingan).
Boş vazirning qöşimça qilişiça, dunyo bloklarga bölingan va Isroil ularning heç biriga kirmaydi. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, mamlakat öz salohiyatiga tayanib, Amerika qöllab-quvvatlaşidan bahramand bölib, izolyatsiyadan çiqişga qodir.
9 sentyabr kuni Isroil Qatar poytaxtiga zarba berdi. Maqsad Falastinning HAMAS harakatining boş qarorgohi ekani aytildi. Bunga javoban Qatar Isroil va HAMAS örtasidagi muzokaralarni taşkil qiliş uçun barça vositaçilik harakatlarini töxtatdi.