AQŞ Green Card lotereyasida iştirok etiş uçun 1 dollar tölov joriy qildi

2025 yil 16 sentyabrdan boşlab, Green Card (Diversity Visa, DV) lotereyasining barça iştirokçilari röyxatdan ötiş uçun 1 AQŞ dollari tölaşi şart. Bu haqda AQŞ Federal reyestrida malum qilindi.
Yangilik lotereyada iştirok etiş uçun ariza berilgan paytda undiriladigan qöşimça yiğim hisoblanadi. Ilgari iştirok etiş bepul edi. Ammo faqat ğolib bölganlar va viza hujjatlarini topşirganlar $330 tölagan.
Yangi tölovni joriy etişdan maqsad - lotereyani taşkil etiş xarajatlarini faqat tanlangan iştirokçilar örtasida emas, balki barça arizaçilar örtasida adolatliroq taqsimlaş ekani takidlanmoqda. Xususan, mablağlar malumotlarni qayta işlaş va himoya qiliş, ğoliblarni avtomatik tanlaş va dasturning texnik infratuzilmasini qöllab-quvvatlaş böyiça yillik xarajatlarni qoplaydi. Şu bilan birga, viza arizasini körib çiqiş uçun asosiy yiğim miqdori ($330) özgarmay qoldi.
Röyxatdan ötkaziş yiğimini undiriş soxta arizalar va dasturni suiistemol qiliş holatlarini kamaytirişga qaratilgan. Röyxatdan ötiş badali tölovi iştirok etiş natijalaridan qati nazar qaytarilmaydi va kelgusi lotereyalarga ötkazilmaydi.
Green Card - AQŞda 1990 yildan beri çet elliklarga har yili tasodifiy ravişda 50 mingta yaşaş guvohnomasi tarqatiladigan dastur (Markaziy Amerika mamlakatlari uçun har yili yana beş ming tur ajratiladi).
2025 yil may oyida elon qilingan lotereya natijalariga köra, Özbekiston saralab olingan ğoliblar böyiça mamlakatlar röyxatida yetakçilik qildi - 5564 kişi. Bu körsatkiç Jazoir (5526) va Rossiya (5519) kabi eng yaqin raqobatçilardan yuqori böldi.
Markaziy Osiyoda Özbekistondan keyin ğoliblar soni böyiça quyidagi körsatkiçlar qayd etilgan: Qirğiziston - 3095 kişi, Tojikiston - 2982, Turkmaniston - 2010 va Qozoğiston - 2004. Umuman olganda, DV-2025 lotereyasida butun dunyo böylab 131 mingga yaqin iştirokçi tanlab olindi, beriladigan vizalar soni esa 55 ming bilan çeklangan.