Dunyodagi eng uzun aviareys yölga qöyilmoqda
19-09-2025, 14:04
628 марта

Dunyodagi eng uzun aviareys yölga qöyilmoqda
Çina Eastern Airlines aviakompaniyasi Şanxay (Xitoy)dan Buenos-Ayres (Argentina)ga dunyodagi eng uzun aviareysni yölga qöymoqda. Parvozlarni 316 yölovçiga möljallangan Boeing 777-300ER samolyotlari bajaradi.South Çina Morning Post xabariga köra, birinçi parvoz 4 dekabr kuni amalga oşiriladi. Samolyot jami 20 ming km masofani uçib ötadi, faqat örtada Yangi Zelandiyaning Oklend şahrida ikki soatlik bitta tranzit töxtaş amalga oşiriladi.

Yangi yönaliş Oklendning Osiyo va Janubiy Amerika örtasidagi janubiy transport tuguni sifatidagi rolini kuçaytirişga xizmat qilişi mumkin.
Parvozning davomiyligi: Şanxaydan Buenos-Ayresgaça — 25,5 soat, Buenos-Ayresdan Şanxaygaça — 29 soat (qarşi şamollar sababli).
Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta bölişi rejalaştirilmoqda. Çipta narxlari: ekonom-klass — 1 500 yevrodan boşlanadi, biznes-klass — 4 200 yevro va undan yuqori.