Özbekistonda içki qatnovlar uçun aviaçipta narxining 25 foizi qaytariladi
15-05-2025, 05:12
537 марта
Özbekistonda içki reyslarga aviaçipta sotib olgan yölovçilar uçun narxning bir qismi — 25 foizi qaytariladi. Bu imtiyoz faqat ekonom-klass çiptalariga va rezident aviataşuvçilarga tatbiq etiladi.Qaytariladigan summa, çipta narxi va yönalişlar röyxati maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Bu orqali mintaqaviy aviataşuvlarni rağbatlantiriş va içki turizmni yanada rivojlantiriş közda tutilmoqda.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 fevraldagi 100-sonli hujjatiga ham tegişli özgartirişlar kiritildi. Mazkur hujjat avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining içki reyslariga nisbatan imtiyozlarni belgilagan edi. Endi esa uşbu tartib barça mahalliy aviakompaniyalarga joriy etilmoqda.
Moliyaviy yordam içki turizmni qöllab-quvvatlaş, yurtdoşlarning viloyatlar böylab sayohatini arzonroq qiliş va aviareyslarga talabni oşiriş maqsadida amalga oşiriladi.