Sanktsiyalar va rus neftini sotib olayotgan davlatlarga boj qöllaş Rossiya iqtisodiyotini qulatişi mumkin — The Economist
22-09-2025, 10:43
141 марта
Sanktsiyalar va rus neftini sotib olayotgan davlatlarga boj qöllaş Rossiya iqtisodiyotini qulatişi mumkin — The EconomistĞarb sanksiyalari va rus neftini xarid qiluvçi davlatlar boj joriy qilişi Rossiya iqtisodiyotining butunlay qulaşiga olib keladi. Natijada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga qaytişi mumkin. Bu haqda The Economist naşri yozdi.
Manbaga köra, bu fikrni AQŞ moliya vaziri Skott Bessent bildirgan. Biroq Rossiya qançalik zaif? Yevropa Kremlga qarşi çeklovlarning 18 ta paketini qabul qilgan. Vaşington esa 5 000 dan ortiq jismoniy va yuridik şaxslarga sanktsiya qöllagan.
“Yuqoridagi sanktsiyalarga qaramay, Rossiya iqtisodiyotining qulaşiga oid taxminlar bir neça bor notöğri bölib çiqqan. 2022 yildagi qisqa muddatli retsessiyadan söng Rossiya iqtisodiyoti ösişda davom etdi”, deyiladi naşr maqolasida.
Biroq Rossiya iqtisodiyoti sekinlaşmoqda. Ösiş deyarli töxtab qolmoqda. Mamlakat yalpi içki mahsuloti 2025 yilning iyul oyida 2024 yilning mos davriga nisbatan 0,4 foizga oşgan.
Korporatsiyalar foydasining ösiş darajasi sust, bu esa fond bozoriga bosim qilmoqda. Şuningdek, iş haqining real ösişi ham sekinlaşgan.
“Amaldorlar va boşqaruv taşkilotlari iqtisodiy pasayişning aybdori kim ekanini muhokama qilmoqda. 2023–2024 yillardagi iqtisodiy kötariliş şubhasiz yakunlandi”, – deya urğulagan The Economist.
Naşrning tuşuntirişiça, Putin hukumati fiskal siyosatni yumşatişni tugatgani sababli pasayiş kuzatilgan. 2023 yilda YaIMning 5 foiziga teng qöşimça xarajatlar 2024 yilda örtaça fiskal konsolidatsiyaga aylangan.
Endi infratuzilma va mudofaa-sanoat majmuasiga ulkan xarajatlar uçun kamroq pul beriladi. 2023–2024 yillarda Markaziy bank inflyatsiyaning oldini oliş uçun keskin ravişda foiz stavkalarini oşirdi. Qimmat kreditlar esa xarajat qilişdan köra jamğarişni foydaliroq qilgan.
“Bularning barçasiga Ğarb sanksiyalari qançalik tasir qilgani nomalum. Ğarbning çeklovlari sababli neft işlab çiqariş pasaymoqda. Rossiya yanvar–mart oylarida 96 milliard dollarlik neft mahsulotlari sotgan. 2022 yilning xuddi şu davrida bu körsatkiç 155 milliard dollarni taşkil qilgan.
Biroq iqtisodiy özgariş ham pasayişning qanday sodir bölganini tuşuntiradi: yil boşidan beri rubl mustahkamlanib, eksport tuşumlarini kamaytirgan; jahon bozorida neft narxlari past; yuqori foiz stavkalari esa neft qazib olişni moliyalaştirişni qiyinlaştirgan”, deyiladi maqolada.