USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“AQŞ Markaziy Osiyodagi axborot makonida öz tasirini Rossiya va Xitoyga boy berdi” — Daniel Rozenblum

124 марта

“AQŞ Markaziy Osiyodagi axborot makonida öz tasirini Rossiya va Xitoyga boy berdi” — Daniel Rozenblum

AQŞning Özbekiston va Qozoğistondagi sobiq elçisi Daniel Rozenblumning ogohlantirişiça, Vaşington Markaziy Osiyoning axborot makonida öz tasirini “boy berib qöydi”. Natijada Rossiya va Xitoy tasiri uçun böşliq yuzaga keldi. Bu haqda uning Yel universitetida qilgan maruzasiga tayanib, Yale Daily News xabar berdi.


Rozenblum 2019–2022-yillarda AQŞning Özbekistondagi, 2022–2025-yillarda esa Qozoğistondagi elçisi bölib işlagan. U Yel   universitetida “Yolğon oqimi bilan kuraş: Markaziy Osiyodagi Rossiya dezinformatsiyasiga qarşi turiş” nomli maruza öqigan. Tadbirda 45 kişi bevosita, yana 35 kişi esa Zoom orqali qatnaşgan.

Markaziy Osiyoda ötkazgan olti yillik faoliyatidan misollar keltirgan holda, Rozenblum Rossiyaning olib borgan dezinformatsiya kampaniyasini tasvirlagan. Bu kampaniya AQŞ diplomatlarini göyoki notinçlik çiqaruvçilar sifatida körsatişga qaratilgan edi.

U 2023-yildagi bir voqeani esladi: öşa paytda rus ommaviy axborot vositalari uni Qozoğistonda NATO bazasinioçganlikda ayblagan. Aslida esa, u AQŞ mablaği hisobiga qurilgan Qozoğiston tinçlikparvarlik instituti uçun möljallangan konferentsiya markazining oçiliş marosimida lenta kesgan edi.

“Bunday bemani ğoya ustidan kuliş oson bölsa-da, Rossiyaning bunday axborot operatsiyalari ortidagi maqsad juda jiddiy”, dedi Rozenblum.

Diplomatning takidlaşiça, AQŞ elçixonalari COVID-19 soğliqni saqlaş taşabbuslari, qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlik va akademik almaşinuv dasturlari kabi aniq yutuqlarni körsatiş orqali bu uydirmalarga qarşi kuraşişga uringan. Biroq u bu işlarning köpi 2023-yildan buyon barbod bölganini aytdi. Bunga Davlat departamentining 1300 dan ortiq xodimi işdan böşatilgani, mintaqadagi USAID dasturlari tugatilgani hamda “Amerika ovozi” va “Ozodlik” radiosiga mablağ ajratiş qisqartirilgani sabab bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: