“Tramp taşrif buyurişi kerak bölgan davlatlar röyxatida Özbekiston ham bor” – AQŞ prezident maxsus vakili
24-09-2025, 00:10
288 марта

“Tramp taşrif buyurişi kerak bölgan davlatlar röyxatida Özbekiston ham bor” – AQŞ prezident maxsus vakili
AQŞ prezidentining global şeriklar böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Özbekistonga taşrif buyurişini, şuningdek, prezident Donald Trampning taşrif buyurişi kerak bölgan röyxatda Özbekiston ham borligini bildirdi. Bu haqda u jurnalist va teleboşlovçi Jahongir Olimovga bergan intervyusida malum qilgan.
“Prezidentingiz bilan har bir uçraşuvda taassurotim ortadi. Bugun butun mamuriyatimiz, Oq uydagi hamkasblarim va Rubio xonimning qöllab-quvvatlaşi meni juda xursand qildi. Rubio xonimning kutilmagan taşrifi ajoyib böldi. Biz u bilan AQŞ davlat kotibining yaqinda Özbekistonga taşrif buyurişi mumkinligini muhokama qildik. Boeing bitimi kabi katta şartnomalar imzolandiki, men bu ustida köp işlaganman. Endi özimni mamlakatingiz dösti deb bilaman. Meni endi mamlakatingizda tez-tez körasiz”, deydi Zampolli.
AQŞ prezidentining maxsus vakilining aytişiça, ikki davlat örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga kötarilgan.
“Juda uzoq muddatli hamkorlikda butunlay yangi bosqiç boşlanayotganini his qilyapman. Özbekiston va AQŞ örtasidagi hamkorlik, şubhasiz, juda mustahkam, uzoq muddatli şeriklik böladi. Prezident bugun elon qilgan va imzolangan milliardlab dollarlik bitimlar, şuningdek, Boeing şartnomasi juda ajoyib. Bu hali boşlanişi xolos”, deydi AQŞ prezidentining maxsus vakili.
Zampolli “Donald Tramp Özbekistonga taşrif buyuradimi?” degan savolga Oq uy rahbarining taşrif buyurişi kerak bölgan röyxatda borligini malum qilgan.
“Tez orada deb umid qilaman. Biz undan sörab kelmoqdamiz. Uning iş jadvali juda tiğiz, lekin şunga qaramay Özbekiston u taşrif buyurişi kerak bölgan davlatlar röyxatida bor. Men şaxsan Prezidentdan iltimos qildim”, deydi Paolo Zampolli.