USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

13 yoşli afğon bola samolyot şassisiga yaşirinib Dehliga uçib bordi

886 марта
13 yoşli afğon bola samolyot şassisiga yaşirinib Dehliga uçib bordi

U möjiza tufayli tirik qolgani takidlanmoqda. Taxminan 10 km balandlikdagi parvoz kislorodning past darajasi tufayli tezda huşdan ketiş va ölimga, öta sovuq tufayli muzlab qolişga olib keladi.

Foto: Suniy intellekt tomonidan yaratilgan surat

13 yoşli afğon bola KAM Air aviakompaniyasi samolyoti şassisiga yaşirinib, Kobuldan Dehliga uçib bordi, deb xabar berdi The Independent.

Qayd qilinişiça, Afğoniston şimolidagi Qunduz şahrida yaşovçi bola samolyot Indira Gandi nomidagi Dehli xalqaro aeroportiga ikki soatlik parvozdan söng qönganidan keyin topilgan.

Rasmiylarga köra, ösmir Kobul aeroportining çeklangan hududiga kirib, KAM Air samolyoti şassisining orqa bölinmasiga yaşirinişga muvaffaq bölgan. Qönişdan söng, aviakompaniya xodimlari uni samolyot yonida payqab qolgan va aeroport xavfsizlik xizmatiga xabar bergan.

Dastlabki suriştiruv davomida bola samolyot içiga qiziqiş tufayli, xavf-xatarni anglamagan holda kirganini aytgan. Ösmir Dehlidan boşqa samolyotda Afğonistonga qaytarilgan.

Samolyot şassisi böşliğida omon qoliş holatlari juda kam uçraydi: çiptasiz yölovçilarning aksariyati gipoksiya, gipotermiya yoki şassi mexanizmlaridan olingan jarohatlar tufayli halok böladi.

Aviatsiya eksperti Moxan Ranganathan sözlariga köra, ösmir «ehtimol, ziç yopiq joyga kirib olgan, u germetizatsiya qilingan va unda yölovçilar salonidagi haroratga yaqin harorat saqlangan bölişi mumkin».

Ranganathan bunday şaroitlarsiz taxminan 10 km balandlikda omon qoliş mumkin emasligini tuşuntirdi.

Bunday balandlikda kislorodning past darajasi tezda huşdan ketiş va ölimga, -40°C dan -60°C gaça bölgan harorat bir daqiqadan kamroq vaqt içida sovuq qotişga, keyin esa gipotermiyaga olib keladi.

1947 yildan 2020 yilgaça bölgan davrda AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi tomonidan körib çiqilgan samolyot şassisidagi 128 ta çiptasiz sayohat holatlarining 75 foizdan ortiği oğir şaroit tufayli ölim bilan yakunlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: