Rossiyadagi kontsertda OMON neça özbekistonlikni uşlagani aytildi
24-09-2025, 15:51
575 марта

Rossiyadagi kontsertda OMON neça özbekistonlikni uşlagani aytildi
Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasi Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari “Korona” banket zalida uyuştirilayotgan özbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning kontsertiga bostirib kirib, migrantlarni tintuv qilgani haqida xabar berilgandi. Tekşiruv davomida Özbekistonning 8 fuqarosi Rossiyada böliş qoidalarini buzgani aniqlangan. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov malum qildi.Qayd etilişiça, uşlangan özbekistonliklarning 4 nafariga nisbatan mamuriy jarima va mamuriy çiqarib yuboriş çoralari qöllangan, qolgan 4 nafari esa Krasnoyarsk ölkasidagi çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirilgan. Mazkur fuqarolar uşbu binoda özbek estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyevning kontsert bergani uçun borgan. Mazkur kontsert Krasnoyarsk ölkasining tegişli taşkilot va idoralari bilan belgilangan tartibda kelişilmagan bölib, aynan şu holat mazkur voqeaga sabab bölgan.
“Etiborlisi, Krasnoyarskdagi kontsert Rossiya fuqaroligiga ega bölgan şaxslar tomonidan şaxsiy tartibda taşkil etilgan hamda bunday tadbirlar uçun maxsus jihozlanmagan binoda ötkazilgan”, deya yozgan TIV sözlovçisi.Burhonovning yozişiça, Novosibirsk şahridagi Özbekiston Respublikasining Boş konsulxonasi tezkor tarzda uşbu fuqarolarga zaruriy huquqiy yordam körsatiş böyiça çoralar körmoqda.