USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özganing örniga 38 yil qamoqda ötirgan amerikalikka 25 mln dollar tovon tölandi

92 марта

Özganing örniga 38 yil qamoqda ötirgan amerikalikka 25 mln dollar tovon tölandi

Sodir etmagan jinoyati uçun ozodlikdan mahrum etilib, 38 yil umri Kaliforniya qamoqxonasida ötgan Moris Hastingsga 25 mln dollar tovon puli tölandi. The Guardian yozişiça, bu ştat tarixida noqonuniy hukm uçun amalga oşirilgan eng yirik tölovdir.

Moris Hastings 1983 yilda Roberta Uaydermayer ismli ayolni öldirişda ayblanib qamalgan. 2022 yilda DNK ekspertizasi uning aybsizligini isbotlagaç, ozodlikka çiqarildi. Mahkum aybsizligini isbotlaş uçun uzoq yillar kuraşdi, DNK ekspertizasini ötkazişni sörab 2000 yilda qilgan murojaati faqat 2021 yilga kelib amalga oşdi... Jinoyat joyida qoldirilgan iz boşqa odamga tegişli bölib çiqdi.

DNK Uaydermayerning ölimidan uç hafta ötib, boşqa iş böyiça hibsga olingan Kennet Paknettga töğri keldi. Öşa paytda uning yonidan Uaydermayerning narsalari ham çiqqan, biroq bu işga aloqador sifatida körilmagan, politsiya va prokuratura jinoyatni Hastingsning böyniga ilgan. Paknett esa navbatdagi jinoyatlaridan biri uçun qamoqda ötirgan paytida, 2020 yilda vafot etgan.

2023 yilda sud rasman Moris Hastingsni aybsiz deb topdi.

«Öğirlangan 38 yil umrimni heç qanday pul qaytara olmaydi», — dedi 72 yoşli Hastings suddan keyin bergan intervyusida.
Advokat Nik Brastin qöşimça qilişiça, bu qaror butun mamlakat huquq-tartibot idoralarini ogohlikka çaqirişi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: