Rossiyada 5 özbekistonlik hibsga olindi
26-09-2025, 15:34
549 марта

Rossiyada 5 özbekistonlik hibsga olindi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida beş nafar Özbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda joriy yilning 24 sentyabr kuni mintaqaviy Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.Qayd etilişiça, hibsga olinganlarning yoşi 22 dan 40 yoşgaça bölib, ular Greçeskiy turar-joy hududida yuz bergan ommaviy muştlaşuvda iştirok etgan. Xodimlar özbekistonliklarni gumondor sifatida qölga olgan.
Muştlaşuv 20 sentyabr kuni tungi vaqtda dökonda boşlangan. Nizo sababi – hibsga olinganlarning vatandoşi bölgan sotuvçi ayol bilan boğliq bölib, u migratsiya qonunçiligini buzganligi aniqlangan.
Jabrlanuvçi ham Özbekiston fuqarosi bölib, u huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Uni döpposlaşganidan keyin şifokorlar yordam körsatib, uyiga davolanişga jönatgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan videoyozuv tarqalgan. Unda bir guruh odamlar yerda yotgan kişini urayotgani aks etgan.