USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Rossiyaning 2025-yilgi bahorgi va yozgi hujumlari barbod böldi” — Ukraina armiyasi qömondoni

271 марта
“Rossiyaning 2025-yilgi bahorgi va yozgi hujumlari barbod böldi” — Ukraina armiyasi qömondoni

Ukraina armiyasi boş qömondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya 2025-yilgi bahorgi va yozgi hujumlarda öz maqsadlariga erişa olmaganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sirskiyning sözlariga köra, Rossiya jang maydonida Ukrainaga nisbatan ikki barobar köp artilleriya qöllamoqda.
“Aytiş mumkinki, rossiyaliklarning bahorgi va yozgi harbiy harakatlari amalda barbod böldi”, dedi Ukraina armiyasi qömondoni jurnalistlar bilan uçraşuvda.


Rossiya front çiziğining bir qança qismlarida yutuqlarga erişsa-da, Ukrainaning razvedka va hujumçi dronlari ularga muvaffaqiyatli qarşilik körsatmoqda. Ammo Ğarb razvedkasi hisob-kitoblariga köra, Ukrainada halok bölganlar va yaradorlar soni bir milliondan oşgan.
Sirskiyning malum qilişiça, hozirda faol front çiziğining uzunligi 1 250 kilometrni taşkil etadi. Ukrainadagi janglarda taxminan 712 ming rossiyalik harbiy iştirok etmoqda. Sirskiy Rossiyaning Sumi va Xarkov viloyatlarida “bufer zona” yaratiş, Pokrovsk şahrini egallaş va butun Donetsk viloyatini qölga kiritiş rejalari barbod bölganini takidladi.
Butun Donetskni qölga kiritiş hozirda mintaqaning 70 foizdan ortiğini nazorat qilayotgan Rossiya uçun uruşning asosiy maqsadi hisoblanadi. Sirskiy yoz boşidan beri ruslar “mingta kesiş” deb ataladigan taktika bilan hujum qilayotganini takidladi. Bu juda köp miqdordagi kiçik piyoda hujumlarini anglatadi.

“Bu bir vaqtning özida köp sonli kiçik hujum guruhlaridan foydalanişdan iborat — 4-6 nafar harbiy xizmatçi joy relefi, jarliklar va örmonli hududlardan foydalangan holda oldinga siljiydi va asosiy maqsadi bizning hududimizga imkon qadar çuqurroq kirib borişdir”, dedi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: