USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil Ğazoga yordam olib ketayotgan oxirgi kemani ham töxtatdi

140 марта

Isroil Ğazoga yordam olib ketayotgan oxirgi kemani ham töxtatdi

Isroil harbiylari xalqaro “Global Sumud” flotiliyasini hujum orqali töxtatib, missiya tarkibidagi oxirgi kemani noqonuniy ravişda egalladi.

Bugun, 3 oktyabr kuni hodisa joyidan jonli efirda körsatilgan kadrlarda “Marinett” nomi bilan atalgan kemaga Isroil harbiy kemasi yaqinlaşayotgani körinadi. Hujumni kutgan faollar öz mobil telefonlarini suvga taşlay boşlagan.

Hujumda iştirok etgan Isroil askarlari faollarni noqonuniy ravişda hibsga olgan bölişi ehtimol qilinyapti.
Bundan oldinroq Isroil kuçlari flotiliya tarkibidagi önlab kemalarga hujum qilgan edi. Bu kemalardagi yuzlab iştirokçilar amaldagӣ Isroil blokadasini yorib ötiş va Ğazo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkaziş uçun yölga çiqqan edilar.

Xalqaro “Global Sumud” flotiliyasi
Xalqaro “Global Sumud” flotiliyasi önlab kemalardan iborat bölib, bir neça kundirki Ğazo tomon harakat qilmoqda. Uning bortida katta miqdorda insonparvarlik yordami, jumladan dori-darmonlar ham bor. Bu flotiliya – hozirgaça Falastin eksklaviga yöl olganlar içidagi eng yirigi hisoblanadi.

“Sumud” sözi arab tilidan “matonat”, “soqovlik” yoki “mustaxkam iroda” deb tarjima qilinadi. 1967 yilgi Olti kunlik uruşdan keyin bu atama falastinliklar uçun bosim ostidagi qarşilik va omon qoliş strategiyasini ifoda etuvçi asosiy tuşunçaga aylangan.
“Sumud” falastinliklarning öz yerlarini saqlab qolişini, milliy özligini va madaniyatini asrab-avaylaşini hamda zöravonliksiz qarşilik şakllaridan – fuqaroviy itoatsizlik va muqobil institutlar yaratiş kabi usullardan foydalanişini anglatadi. Falastin ramzşunosligida “Sumud”ni ifodalaş uçun ananaviy ravişda zaytun daraxti va homilador dehqon ayol kabi obrazlar işlatiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: