USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oltin narxi jahon bozorida rekord darajada qimmatladi

204 марта

Oltin narxi jahon bozorida rekord darajada qimmatladi


2025 yilning 6 oktyabr kuni oltin narxi tarixdagi eng yuqori körsatkiçga yetib, birinçi marta 4000 dollardan oşdi. Bu haqda “The New York Times” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, bir yil içida untsiya (31,1 gramm) oltin narxi qariyb 50 foizga oşgan. Bu tarixdagi eng yuqori körsatkiçlardan biri bölgan. Nyu-York fond birjasida savdo boşlanganda untsiya oltinning bahosi 3 886 dollarni taşkil etgan. Kunning eng yuqori nuqtasida esa narx 3 969 dollargaça kötarilgan. Keçqurunga kelib, narx 3 960 dollar atrofida bölgan.
Oltin narxining bunday ösişiga bir neçta omillar tasir qilgan. Avvalo, 1 oktyabrda AQŞ hukumatining vaqtinça işini töxtatişi, yani “şatdaun” holati — investorlar orasida xavotir uyğotgan. Natijada köpçilik pullarini xavfsiz aktiv hisoblangan oltinga yönaltirgan.
Şuningdek, 2025 yil boşidan beri geosiyosiy va iqtisodiy beqarorlik davom etmoqda. “Bloomberg” agentligiga köra, yil boşida untsiya oltin narxi 2 623 dollar bölgan, hozir esa bu körsatkiç deyarli 4 ming dollarga yetgan. Bundan taşqari, AQŞ Federal zaxira tizimi sentyabr oyida kredit foiz stavkasini 9 oy içida ilk bor pasaytirgan. Bu ham oltinga bölgan talabni kuçaytirgan.
“Deutsçe Bank” mutaxassislarining başoratiga köra, agar bu tendentsiya saqlanib qolsa, 2026 yilda untsiya oltin narxi 4 ming dollardan ham oşib ketişi mumkin. Buning sababi — markaziy banklar tomonidan yuqori talab, dollarning zaiflaşişi va Federal zaxira tizimi stavkalarining yana pasayişi bölişi mumkin.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: