OAV Putinning ikki "öğli" haqida yozdi: tafsilotlar

OAV Putinning ikki "öğli" haqida yozdi: tafsilotlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tuğilgan kunida bazi OAV uning ehtimoliy öğillarining ismlari va fotosuratlarini oşkor qildi.
Bugun Rossiya prezidenti 73 yoşga töldi. Rossiyalik jurnalistlar Roman Badanin va Mixail Rubin uning oilasi va sobiq gimnastikaçi Alina Kabayeva bilan munosabatlari haqida yangi malumotlarni oçib beruvçi "Şoh(tsar)ning özi" kitobini taqdim etdi, deb xabar beradi "Agenstvo".
Naşrning yozişiça, Putin va Kabayevaning Ivan va Vladimir ismli ikki öğli bor. Rasmiy hujjatlarda ular Spiridonov familiyasi ostida, ehtimol Rossiya prezidentining bobosi Vladimir Spiridonoviç Putin şarifiga nomlangan.
Öğillar yaşirinça yaşaydilar va köp vaqtlarini Valdaydagi prezident qarorgohida ötkazadilar. Ular uçun alohida saroy, kurort majmuasi, dam oliş maskani, istirohat boği barpo etilgan. Har birining şaxsiy maşinasi haydovçisi va prezident qöriqlaş xizmati qöriqçilari bor.
Ular Putinning turli familiyalardan foydalanadigan yagona farzandlari emas. Uning birinçi turmuşidan qizlari Tixonova va Vorontsova, nikohsiz qizi esa Rozova nomi bilan maşhur. Ikkinçisi, OAV xabarlariga köra, bir muddat Frantsiyada Elizaveta Rudnova nomi bilan yaşagan va hatto Parij galereyasida işlagan.
Rasmiy talqinga köra, Rossiya rahbarining faqat ikki nafar qizi bor.