USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ğazo Isroil hujumidan qança zarar körgani aytildi

443 марта

Ğazo Isroil hujumidan qança zarar körgani aytildi

Sönggi ikki yil içida Isroilning Ğazo sektorida olib borayotgan harbiy amaliyotlari oqibatida 70 milliard dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Ğazo hukumati matbuot xizmatiga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi. 

Rasmiylarga köra, Ğazoning 365 kvadrat kilometr maydonining 80 foizidan ortiği Isroil tomonidan egallab olingan va doimiy hujumlar ostida qolmoqda. Şu vaqt içida Ğazo infratuzilmasining 90 foizi vayron qilingan.
Ikki yillik uruş davomida minglab falastinliklar majburan yaşab turgan joylaridan köçirilgan, ularning aksariyati hozirda 73 kvadrat kilometr maydonda yaşaşga majbur bölmoqda. BMT bu şaroitlarni insonparvarlik tamoyillariga zid deb baholamoqda.

Isroilning tinimsiz hujumlari Ğazodagi tibbiyot tizimiga juda katta zarar yetkazib, uni izdan çiqarib yuborgan. Hudud Soğliqni saqlaş vazirligi malumotlariga köra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 1 701 nafar tibbiyot xodimi halok bölgan.

Xususan, halok bölganlar orasida 157 nafar şifokor, 366 nafar hamşira, 103 nafar farmatsevt, 254 nafar tibbiy yordamçi va 611 nafar boşqa tibbiyot xodimlari bor.
Bundan taşqari, 362 nafar tibbiyot xodimi Isroil tomonidan hibsga olingan yoki bedarak yöqolgan. Hibsdagilar orasida 88 nafar şifokor va 132 nafar hamşira bor. Ğazo hukumati vakillarining aytişiça, bu holat nafaqat tibbiyot tizimini izdan çiqargan, balki minglab bemor va yaradorlarga yordam körsatişni deyarli imkonsiz qilib qöygan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: