Qozoğiston Rossiya ustidan şikoyat qildi
10-10-2025, 07:44
86 марта

Qozoğiston Rossiya ustidan şikoyat qildi
Qozoğiston hukumati Rossiya bilan çegaradagi navbatlar va Rossiya migratsiya qonunçiligidagi özgarişlar tufayli yuzaga kelgan qiyinçiliklar böyiça Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga (EIK) murojaat yubordi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, Ostona yuzaga kelgan vaziyatni “taşqi savdoga tösqinlik qiluvçi tösiq” deb etirof etmoqçi. Masala joriy yilning 13 oktyabr kuni YeIK yiğilişida, şuningdek, 7 noyabr kuni Qozoğiston va Rossiya örtasidagi Hukumatlararo hamkorlik komissiyasi majlisida körib çiqiladi.
Bayonotning asosiy qismi çet ellik fuqarolarning Rossiyaga kiriş-çiqiş qoidalaridagi yangi tartiblarga bağişlangan. Amaldagi qonunga köra, endi mamlakat hududida röyxatdan ötmasdan bir yil içida 90 kundan ortiq qoliş mumkin emas – kiriş va çiqiş sonidan qati nazar. Ilgari bu muddat 180 kun edi.
Mazkur çeklovlar xalqaro taşuvlar bilan şuğullanuvçi haydovçilarga ham tatbiq etiladi. Bundan taşqari, bu muddat Rossiya va Belarus uçun umumiy tarzda hisoblanadi.
Qozoğiston hukumatining eslatişiça, mamlakatda bu boradagi qoidalar ança yumşoq: çet elliklar röyxatdan ötmasdan olti oy davomida 90 kungaça bölişlari mumkin. Bu çeklov xalqaro yuk va yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilarga tatbiq etilmaydi. Bu meyorlar xalqaro amaliyotga töliq mos keladi.
Majlis (parlament) deputati Bolatbek Najmetdinulining sözlariga köra, Rossiyaning yangi qoidalari nafaqat xalqaro taşuvçilarni, balki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida faoliyat yurituvçi haydovçilarni ham qamrab olgan.
Uning aytişiça, köplab haydovçilar allaqaçon ruxsat etilgan qoliş muddatini tugatgan va işga qaytiş uçun yangi yilni kutişga majbur. 90 kunlik muddatni oşirib yuborgan ayrim haydovçilar esa qölga olingan va Rossiyani tark etiş haqida ogohlantiriş olgan.
Bayonotda qayd etilişiça, joriy yilning sentyabr oyidan boşlangan “kulrang import”ga qarşi tekşiruvlar ham çegaradagi vaziyatni murakkablaştirgan. Qozoğiston hukumatining malum qilişiça, qöşimça nazorat yuk taşuvçi transport vositalarining tekşiruv vaqtini uzaytirgan.
Qayd etiş joiz, Qozoğiston-Rossiya çegarasidagi navbatlar joriy yilning sentyabridan beri saqlanib qolmoqda. Rasmiy tomonlar jiddiy muammolar yöqligini takidlaşsa-da, Qozoğiston OAVlari ayrim yuk maşinalari Rossiya tomonida uzoq tekşiruvlardan qörqib, Qozoğiston hududida qolayotganini xabar qilmoqda.