USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston fuqarolari Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirişi mumkin böladi

664 марта

Özbekiston fuqarolari Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirişi mumkin böladi
    
Özbekiston va Rossiya fuqarolariga içki pasportdan foydalangan holda mamlakatga kirişga ruxsat berilişi kutilmoqda.

“Bu masala böyiça muzokaralar davom etmoqda va zaruriy içki davlat tartib-taomillari ötkazilmoqda. Hozirda tomonlar ayrim jihatlar böyiça kelişuv işlari olib bormoqda. Şu bois buni amalga oşirişning aniq muddatlari haqida gapirişga hali erta”, deya malum qilgan Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati “Izvestiya” naşriga.



2025 yil may oyida Özbekiston Rossiya, Qozoğiston va Ozarbayjon fuqarolarining 30 kungaça bölgan muddatga içki hujjat yoki ID-karta orqali, bolalarning esa “kinder pasport” orqali mamlakatga kirişiga ruxsat beriş imkoniyatini körib çiqayotgani xabar qilingandi. Bunday topşiriq Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil 15 mayda imzolagan mamlakatga sayyohlar oqimini keskin oşiriş töğrisidagi farmonida belgilangan.

Ayni paytda Özbekiston va Rossiya örtasida vizasiz rejim örnatilgan. Rossiya fuqarolariga Özbekistonga kirişi uçun hozir çet el pasporti kerak böladi. Respublikaga 15 kundan ortiq muddatga kelgan rossiyaliklar mamlakatda bölişning 15-kunidan keçiktirmay mehmonxonada yoki pasport idorasida yaşaş joyida vaqtinça röyxatdan ötişi lozim.

Özbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirişi ham “qizil” pasport orqali amalga oşirilmoqda. Rossiyaga vaqtinça kelayotgan Özbekiston fuqarolari davlat çegarasini kesib ötgan kundan boşlab 7 iş kuni mobaynida Rossiya IIV migratsiya masalalari böyiça Boş boşqarmasi hududiy bölimlarida röyxatdan ötişlari şart. 

2025 yil 30 iyundan boşlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan çet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan röyxatdan ötişi va QR kod olişi kerakligi belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: