Kolizeydagi maxfiy yölak 2000 yil içida ilk bor oçildi
14-10-2025, 19:28
120 марта

Kolizeydagi maxfiy yölak 2000 yil içida ilk bor oçildi
Milodiy 180-192 yillarda hukmronlik qilgan Rim imperatori Kommod nomi bilan ataluvçi, ilgari maxfiy bölgan yölak joriy yilning 9 oktyabr kuni ilk bor jamoatçilik uçun oçildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Naşrning yozişiça, bu yölak imperatorlarga xalq orasiga aralaşmasdan gladiatorlar jangi va boşqa tomoşalarni bevosita arenadan tomoşa qiliş imkonini bergan. Malumotlarga köra, u Kolizeyning poydevor qismida milodiy I asr oxiri – II asr boşlarida, dastlabki loyihaga qöşimça tarzda qazilgan. Kolizeyning özi esa milodiy 80 yilda oçilgan.

Arxeolog Barbara Natstsaro “Reuters”ga bergan intervyusida “Kommod yölagi” birinçi marta omma uçun oçilganini aytib, “endi taşrif buyuruvçilar imperator böliş qanday tuyğu ekanini his etişi mumkin,” degan.
Yölak XIX asrda topilgan. “Associated Press” malumotiga köra, u imperator Kommod nomi bilan boğlanadi, çunki tarixiy manbalarda yozilişiça, u aynan şu yerosti yölagida unga qarşi uyuştirilgan suiqasddan omon qolgan.
Yölakning kiriş qismida arxeologlar sahna tomoşalari bilan bevosita boğliq bölgan bezak elementlari – yovvoyi çöçqa ovlari, ayiq janglari va akrobatik çiqişlarni tasvirlovçi tasviriy bölaklarni topgan. Mutaxassislarning fikriça, bu badiiy bezaklar tomoşabinlarni yölakdan keyin kutayotgan şafqatsiz öyinlarga kiriş sözi sifatida işlatilgan.