USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç: Döstlik köçasida piyodalar yölagi buzilgan — bolalar xavf ostida

436 марта
Urganç: Döstlik köçasida piyodalar yölagi buzilgan — bolalar xavf ostida

Urganç şahridagi Döstlik köçasi, Xorazm viloyat arxivi bilan A. Temur boği orasidagi piyodalar yölagi uzoq vaqtdan beri tamirlanmay qolgan. Yil boşida, taxminan, “Öztelekom” yoki Urganç şahar elektr tarmoqlari tomonidan kabel qaziş işlari amalga oşirilgan, biroq yölakning asfalt yopmasi oldingi holatiga keltirilmagan. Natijada arbaçali ota-onalar, maktabgaça yoşdagi bolalar va keksalar avtomobil yöliga çiqib harakatlanişga majbur bölmoqda.

Nega bu joy ayniqsa muhim?

Bu yölakning örta qismida 26-sonli MTM (soğliğida muammolari bor bolalar tarbiyalanadigan muassasa) joylaşgan. Demak, bu yerda harakatlanuvçi bolalarning malum qismining jismoniy imkoniyati çeklangan. Biroq yölak tiklanmagani sabab, har kuni önlab bolalar va ularning ota-onalari maşinalar qatnovi qiznigan şossega yaqin yurişga majbur bölmoqda. Mobodo bir bola qöldan sökilib ketsa, yöl örtasiga çiqib qolişi va fojea yuz berişi ehtimoli yuqori — buni tasavvurning özi dahşat.


Qaysi taşkilot javobgar?

Amaldagi qoidalarga köra, yer ostidagi tarmoqlarni tamirlagan yoki yangilagan taşkilot qazilgan uçastkani avvalgi holatiga keltirişi şart. Bu standart talabi. Şu bilan birga, Urganç şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi umumiy holat uçun nazoratçi hisoblanadi: ular xizmat körsatuvçi korxonadan sifatli tiklaşni talab qilişi, qabul-topşiriş dalolatnomalarini qayta körib çiqişi lozim edi.
  • Nega yölak asfalt yopmasi hamon tiklanmadi?
  • Nega vaqtinçalik xavfsizlik belgisi, tösiq yoki yölboşlovçi panjaralar örnatilmadi?
  • Nega bolalar muassasasi oldida piyodalar ustuvorligini taminlovçi qöşimça çoralar körilmadi?
Bu savollarga jamoatçilik javob kutayapti.

Hoziroq körilişi şart bölgan çoralar

  1. Yölakni töliq tiklaş: asfalt yopmasi, çuqur-öyiqlar va çet betonlarini (bordyur) meyorida qayta örnatiş.
  2. Vaqtinçalik xavfsizlik: işlar tugagunça yarqin ogohlantiruvçi belgilar, tösqinç panjaralar va keçasi yoritiş.
  3. Bolalar xavfsizligi: 26-sonli MTM oldida «Bolalar» yöl belgisi, past tezlik rejimi, yöldagi börtik-tösiqlar (lejaçiy politseyskiy) va aniq körinuvçi piyodalar ötiş çiziqlari.
  4. Javobgarlikni rasmiylaştiriş: qaziş-tiklaş işlarining ijroçisi, muddati va kafolat majburiyatlari ommaga elon qilinsin.

Redaktsiyaning oçiq murojaati

Biz Urganç şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi, Urganç şahar elektr tarmoqlari, **“Öztelekom”**ning Xorazm filiali va boşqa manfaatdor idoralarni mazkur yölakni şoşilinç tarzda avvalgi — foydalanişga yaroqli holatga keltirişga çaqirib qolamiz. Rasmiy izoh va amaliy reja (muassasa nomi, masul şaxs, boşlaniş-tugaş muddati) taqdim etilişini söraymiz.

Piyodalar — ayniqsa bolalar — uçun xavfsiz yölak nafaqat qulaylik, balki huquq. Uni taminlaş esa korxonalarning qonuniy majburiyati, şahar hokimiyati esa nazoratni kuçaytirişi şart.






Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: