Urganç tumanidagi Ravnaq köçasi: asfaltga simyoğoçlar tösiq bölmoqda
19-06-2025, 13:05
407 марта

Urganç tumanidagi Ravnaq köçasi: asfaltga simyoğoçlar tösiq bölmoqda
Urganç tumani Ğoybu Şahidonlar mahallasidagi Ravnaq köçasida asfaltlaş işlari boşlanişi kutilmoqda. Ammo butun köçani kesib ötuvçi olti dona simyoğoç uşbu işlarni amalga oşirişga jiddiy tösiq bölib turibdi.
Bu simyoğoçlar köp yillardan beri köçada saqlanib kelinayotgan bölib, na yöl harakati, na piyodalar uçun qulaylik yaratilgan. Hozirda mahalliy aholi asfalt bilan qoplaş işlarini orziqib kutmoqda, ammo simyoğoçlar olib taşlanmayotgani sababli işlar boşlanmay turibdi.
Muhim jihati şundaki, uşbu simyoğoçlardan tadbirkorlardan biri doimiy ravişda foydalanib kelayotgani aytilayapti. Yani, uşbu elektr ustunlari orqali xususiy korxona yoki ustaxona elektr bilan taminlanmoqda. Natijada, uşbu obektlarning manfaatlari aholi ehtiyojlaridan ustun qöyilayotgani kuzatilmoqda.
Mahalliy aholi mutasaddi taşkilotlarga bir neça bor murojaat qilgan. Xususan, elektr tarmoqlari korxonasiga qilinayotgan şikoyatlar hozirça amalda natija bergani yöq. Simyoğoçlarni köçiriş uçun mablağ kerakligi, avval liniyani boşqa joyga ötkaziş zarurligi kabi rasmiy bahonalar keltirilmoqda.
Bu holat Urganç tumanida infratuzilma muammolarini hal qilişdagi sustkaşlik va muvofiqlaştiriş yetişmasligini yaqqol namoyon etmoqda. Eng yomoni, mahalliy aholining kutişi, murojaatlari va huquqlari etiborsiz qolmoqda.
Bu simyoğoçlar nafaqat texnik tösiq, balki amalga oşirilişi lozim bölgan islohotlarga ham tösiq bölmoqda. Masullardan aniq çora köriş, simyoğoçlarni tez fursatda köçiriş va aholiga vada qilingan asfalt işlarini boşlaş talab etiladi.


