AQŞ Ukrainaga qança Tomahawk raketalarini yetkazib bera olişi aytildi
15-10-2025, 02:39
416 марта

AQŞ Ukrainaga qança Tomahawk raketalarini yetkazib bera olişi aytildi
Qöşma Ştatlar Ukrainaga 20 dan 50 tagaça qanotli Tomahawk raketalarini taqdim etişi mumkin. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.Amerika xavfsizligi markazi mudofaa böyiça direktori Steysi Pettijonning fikriça, “bu uruş dinamikasini tubdan özgartira olmaydi”.
AQŞning Tomahawk raketalarining aniq soni nomalum. Pentagonning sobiq rasmiysi, hozirda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida işlovçi Mark Kansianning hisob-kitoblariga köra, ularning soni 4150 ga yaqin bölişi mumkin. Ayni paytda, 2022 yildan beri buyurtma qilingan 200 ta Tomahawk’ning 120 tasi allaqaçon janglarda qöllangan. 2026 yilgi byudjetda Pentagon qöşimça 57 ta tasi uçun mablağ söradi.
“Vaşingtonga Venesuelaga zarbalar beriş uçun Tomahavk raketalari kerak bölişi mumkin”, deb yozadi FT.
Potentsial Tomahawk yetkazib beriş AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiy örtasidagi 17 oktyabr kuni Vaşingtonda bölib ötişi rejalaştirilgan uçraşuvda muhokama qilinadigan mavzulardan biri böladi. Ular allaqaçon NATO ittifoqçilarining Ukraina uçun bunday raketalarni sotib oliş imkoniyatlarini muhokama qilgan. Maqolada takidlanişiça, Tomahawk 2022 yildagi jangovar harakatlar boşlanganidan beri “Ukrainaning qurollar röyxatida birinçi örinda” turgan.
Tramp Ukrainaga Tomahawk’larni sotiş imkoniyatini körib çiqayotganini aytdi, biroq u Kiyev bunday qurollardan qanday foydalanişni rejalaştirayotgani haqida köproq malumot olmoqçi ekanini takidladi. Amerika Prezidenti bu masalani Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan ham muhokama qilişi mumkinligini aytdi. Tramp Tomahawk’ning potentsial sotilişini eskalatsiya deb atadi.