Rossiyada tuğilişni köpaytiriş uçun turmuş sifatini pasaytiriş taklif qilindi
16-10-2025, 12:14
359 марта

Rossiyada tuğilişni köpaytiriş uçun turmuş sifatini pasaytiriş taklif qilindi
Rossiya Davlat dumasi deputati Oleg Matveyçev homilani oldirişni taqiqlovçi qonun loyihasi muhokamasi çoğida tuğiliş darajasini oşiriş uçun aholi turmuş darajasini pasaytirişni taklif qildi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.Matveyçevning sözlariga köra, demografik muammolarni moddiy şaroitni yaxşilaş orqali hal qiliş mumkin, degan aqidadan butunlay voz keçiş kerak. Odamlar qançalik yaxşi yaşasa, ular şunçalik kam bolali böladi. Tuğilişning eng yuqori körsatkiçlari kambağal mamlakatlarda, eng yomoni esa boylarda kuzatiladi.
Deputat homilani olib taşlaşni harbiy yöqotişlarga qiyoslab, bu holatni Markaziy harbiy okrugda odam halok bölişi bilan tenglaştirgan va SSSRda abort qonuniylaştirilgaç, davlatning özi Gitlerdan köra köproq odam öldirganini takidlagan.
Şuningdek, bolali oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş ğoyasini ham tanqid ostiga olgan.
“Ayollarning barçasi uy va nafaqa olişni, keyin farzandli bölişga rozi bölişini hoxlaydi. Lekin bularning barçasi yolğon. Hozirgi kunda ayollar işni va karerani birinçi öringa qöymoqda”, degan Oleg Matveyçev.
Muhokama çoğida yana bir deputat Vitaliy Milonov ayollar homilasini olib taşlaşga köpinça erkaklar bosim ötkazişini aytgan. Boşqa bir deputat Nikolay Nikolayev esa Rossiyani özining öta liberal raqiblariga taqlid qilişda ayblab, tizimdagi asosiy muammolarga qarşi kuraşişga çaqirgan. Uning takidlaşiça, rus madaniyati pravoslavlikka asoslangan va şuning uçun bolaning hayoti tuğilişidan oldin ham inson sifatida tan olinişi kerak.
Qayd etiş joiz, Rossiyada 2025 yilning birinçi çoragida tuğilganlar soni 288,8 ming bolani taşkil etgan bölib, bu ötgan yilga nisbatan 4 foizga kam. Şuningdek, bu XVIII-XIX asrdan beri eng past körsatkiçdir. 2024 yilda 1,222 million bola tuğilgan. Bu 1999 yildan beri eng past körsatkiç, deya qayd etilgan. Mamlakatda vafot etganlar soni 1,8 milliondan oşgan va yil davomida aholining tabiiy qisqarişi deyarli 600 ming nafarni taşkil etgan.