YeI Rossiya gazidan tezroq voz keçmoqçi
17-10-2025, 10:12
88 марта

YeI Rossiya gazidan tezroq voz keçmoqçi
Yevropa Ittifoqi Rossiya gazidan voz keçiş muddatini köçirib, buni 2027 yil yanvar oyigaça amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Buni bugun, 16 oktyabr kuni Yevroparlamentning energetika böyiça qömitasi qöllab-quvvatladi.“Reuters”ning yozişiça, joriy yilning iyun oyida Yevropa komissiyasi dastlab Rossiyadan tabiiy va suyultirilgan gazni import qilişni 2027 yilning oxirigaça taqiqlaş böyiça huquqiy majburiy qaror joriy etişni taklif qilgan. Biroq yetakçi parlament azolari mazkur yakuniy muddatni 2027 yilning 1 yanvariga köçirişni taklif qilgan. Natijada Yevroparlamentning energetika böyiça qömitasi bugun, 16 oktyabr kuni Rossiya gazidan bosqiçma-bosqiç voz keçişni bir yilga tezlaştiriş taklifini qöllab-quvvatlagan.
Malumotlarga köra, 2025 yilning boşidan beri Rossiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beriş hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 7 foizga kamayib, taxminan 15 milliard kub metrga yaqinlaşgan.
YeIning Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importi joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 15 milliard kub metrni taşkil etdi, bu 2024 yildagi 16,1 milliard kub metrga nisbatan kam.