USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yuzlab yahudiy arboblar Isroilni jazolaşni talab qilmoqda

277 марта

Yuzlab yahudiy arboblar Isroilni jazolaşni talab qilmoqda

Jahonning turli davlatlarida yaşovçi 460 ga yaqin yahudiy namoyandalari – ilm-fan, madaniyat va siyosat arboblari BMT hamda dunyo yetakçilariga Isroil hukumatiga qarşi jazo çoralari qöllaşni sörab murojaatnoma yölladi. Murojaat mualliflari Isroilning işğol ostidagi Falastin yerlaridagi (Ğazo sektori, Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddus) harakatlarini vijdonsizlik va genotsid deb atagan.

Bayonotga imzo çekkanlar orasida Isroil parlamentining sobiq spikeri Avraam Burg, Isroilning tinçlik böyiça sobiq muzokaraçisi Deniyel Levi, “Oskar” mukofoti sohibi, kinorejissyor Jonatan Gleyzer, amerikalik aktyor Uolles Şon, britaniyalik yozuvçi Maykl Rozen, kanadalik adiba Naomi Klyayn, Pulitser mukofoti sovrindori Benjamin Mozer, “Emmi” mukofoti sohiblari Ilana Gleyzer va Hanna Eynbinder bor.

“Çeksiz qayğudan boşimiz egilgan: Isroilning xatti-harakatlarini yuridik jihatdan ham genotsid deb baholaş uçun dalillar köpayib bormoqda... Falastinliklar bilan birdamligimiz aslo yahudiylikka xiyonat emas, balki unga sadoqat talabidir. Bizning donişmandlarimiz bu yoruğda dunyoda bir odamni öldiriş butun dunyo ahlini öldirişga teng ekanidan ogohlantirganlarida falastinliklarni istisno etmaganlar, albatta. Biz (Ğazo sektorida) öt oçişni töxtatiş (butun Falastin yerlarida) okkupatsiya va aparteid siyosatining barham topişiga olib kelmagunça tinçimaymiz”, – deyiladi murojaatnomada.

Joriy yil 10 oktyabr kuni Ğazo sektorida davom etgan ikki yillik uruşni töxtatiş haqida bitim imzolangan edi. Mazkur bitim omonat va mört ekaniga etibor qaratgan murojaat mualliflari Iordan daryosining Ğarbiy Sohilida oşib borayotgan zöravonlikka ham çek qöyiş lozimligini takidlaganlar.

Murojaatnomada BMT hamda xalqaro hamjamiyatdan Isroilning xalqaro huquq meyorlariga rioya etişini taminlaş, mazkur davlatga nisbatan sanktsiyalar joriy etiş va qurol yetkazişni töxtatiş söralgan.
Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban Ğazo sektoriga bostirib kirgan 2023 yil 7 oktyabrdan keyin, ikki yil davomida kamida 68216 nafar falastinlik öldirildi. 10 oktyabr kungi otaşkesim bitimidan keyin ham Isroil hujumi oqibatida 100 ga yaqin falastinlik halok bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: