Asad davrida mahbuslarni qatl ettirişda ayblangan general uşlandi
23-10-2025, 22:07
309 марта

Asad davrida mahbuslarni qatl ettirişda ayblangan general uşlandi
Suriya rasmiylari sobiq prezident Başar Asad hukmronligi davrida maşhur Sednaya qamoqxonasida mahbuslarni qatl qilişda ayblangan sobiq harbiy amaldorni hibsga oldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.Uning ismi general-mayor Akram Sallum al-Abdulloh bölib, içki işlar vazirligi Damaşq viloyati aksilterror bölimi rahbari edi. Qayd etilişiça, u bir qança lavozimlarni egallagan, ayniqsa, sobiq tuzum davrida, 2014-2015 yillarda mudofaa vazirligida harbiy politsiya qömondoni bölgan.
Vazirlik Abdullohning “Sednaya qamoqxonasidagi mahbuslarga nisbatan jiddiy qonunbuzarliklar sodir etişga aloqadorligi”ni takidlab, uni “harbiy politsiya qömondoni bölgan davrida Sednaya harbiy qamoqxonasida mahbuslarni qatl qiliş uçun bevosita javobgar bölganlikda” aybladi.
Damaşq taşqarisida joylaşgan uşbu qamoqxona 50 yildan ortiqroq vaqtdan keyin Başar Asad 2024 yilning dekabr oyida hokimiyatdan ağdarilganidan söng tugatilgan Asadlar oilaviy boşqaruvining eng dahşatli ramzlaridan biri edi.