“Olti oydan keyin köramiz”. Tramp Putinga javob qaytardi
24-10-2025, 18:36
395 марта

“Olti oydan keyin köramiz”. Tramp Putinga javob qaytardi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “sanktsiyalar Rossiya iqtisodiyotiga tasir qilmaydi” degan bayonotiga munosabat bildirib, özi joriy etgan sanktsiyalarning tasiri olti oy içida namoyon bölişini aytdi. Bu haqda u keça, 23 oktyabr kuni Oq uydagi matbuot anjumanida söz oçdi.“Uning şunday fikrda ekanidan xursandman. Bu yaxşi. Nima bölişini olti oydan keyin köramiz”, dedi Tramp Putinning gapiga javoban.Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar savoliga javob berar ekan, Tramp tomonidan joriy etilgan “ança jiddiy” sanktsiyalar Rossiyaga bosim ötkazişi va iqtisodiy zarar yetkazişini kutayotganini bildirdi.
Bir kun oldin Putin Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalar haqida izoh berib, bu çeklovlar mamlakat iqtisodiy holatiga “sezilarli tasir körsatmasligini” aytgandi.
“Özini hurmat qilgan heç bir davlat heç qaçon bosim ostida qaror qabul qilmaydi”, dedi u.