“Tolibon” daryoda töğon qurmoqçi
25-10-2025, 16:59
188 марта

“Tolibon” daryoda töğon qurmoqçi
“Tolibon” harakati yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda Afğoniston Energetika va suv xöjaligi vazirligiga imkon qadar tez fursatda Kunar daryosida töğon qurilişini boşlaş haqida topşiriq berdi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.Vazir vazifasini bajaruvçi Abdul Latif Mansurning aytişiça, Oxundzoda xorijiy kompaniyalarni kutmasdan, mahalliy pudratçilar bilan şartnoma tuziş orqali loyiha işlarini tezlaştirişni buyurgan.
“Afğonlar öz daryolari ustidan töliq boşqaruv huquqiga ega. Biz suv boyliklarimizdan öz manfaatimiz uçun foydalanişimiz kerak”, deydi Mansur.Kunar daryosi Afğonistonning beş yirik daryosidan biri bölib, u Pokistonning Çitral tumanidan boşlanadi (bu yerda Çitral daryosi deyiladi) va taxminan 480 kilometr yöl bosib, Qobul daryosiga qöşiladi, söngra yana Pokiston hududiga oqib ötadi.
Qobul daryosining katta qismi Pokistonga kiradi. Şu sababli Pokistonning ayrim provintsiyalari, jumladan, Xaybar Paxtunxva – Afğoniston suviga boğliq. Afğoniston suv resurslariga boy bölsa-da, yillab davom etgan uruşlar bu imkoniyatlardan töliq foydalanişga tösqinlik qilib kelgan.