Moskvada migrantlar belkurak va tayoqlar bilan ommaviy muştlaşdi
25-10-2025, 18:35
120 марта

Moskvada migrantlar belkurak va tayoqlar bilan ommaviy muştlaşdi
Rossiyaning Moskva şahridagi Prokşino turarjoy majmuasida tayoq va belkurak bilan qurollangan migrantlar örtasida ommaviy muştlaşuv sodir böldi. Buni Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva böyiça boş boşqarmasi ham tasdiqladi.Tarmoqlarda tarqalgan videoda ularning tayoq, belkurak va yöl belgilari tuşirilgan ustunlardan foydalanib uruşayotganini köriş mumkin. Kommunarka tumanida bir guruh odamlar örtasida nizo kelib çiqqani haqida politsiyaga fuqarolardan xabar kelib tuşgan.
“Hozirda voqea joyida Moskva politsiyasi xodimlaridan iborat keng qamrovli guruh işlamoqda. Hodisa sabablari, iştirokçilari va qözğatuvçilar aniqlanmoqda. Uşbu suriştiruvlar natijalariga köra, tergov ötkaziladi, şundan söng politsiya qonunga muvofiq qaror qabul qiladi”, deyiladi xabarda.Guvohlarning xabar berişiça, işçilar turarjoy majmuasi atrofida tayoq kötarib yugurib, ularni bir-biriga uloqtirgan. Mahalliy aholidan birining sözlariga köra, mojaro bir kun avval boşlangan bölsa, bugun u töliq töqnaşuvga aylangan. Gumonlanuvçilar işlab çiqaruvçining pudratçilari va xususiy tamirçilar vakillari bölib, ular köpinça migrantlarga öz xizmatlarini taklif qiladi. Aholi mojaroni mijozlar uçun raqobat bilan boğlagan.