AQŞ va Xitoy savdo böyiça “asosiy kelişuv”ga erişdi
26-10-2025, 19:21
264 марта

AQŞ va Xitoy savdo böyiça “asosiy kelişuv”ga erişdi
Xitoy va AQŞ savdo muzokaraçilari Kuala-Lumpurda ötkazilgan uçraşuvdan söng “özaro manfaatli masalalarni hal etiş böyiça asosiy kelişuv”ga erişdi. Bu haqda bugun, 26 oktyabr kuni Xitoy davlat OAVi xabar qildi.Xitoy Boş vaziri örinbosari He Lifeng boşçiligidagi delegatsiya AQŞ tomonidan Moliya vaziri Skott Bessent va Savdo böyiça vakil Jeymson Grir bilan muzokaralar ötkazdi. Bu suhbatlar kutilayotan Si Tszinpin va Donald Tramp uçraşuvidan bir neça kun oldin bölib ötdi.
Ikki davlat rahbarlari Janubiy Koreyadagi APEC sammiti doirasida uçraşişi kutilmoqda, ammo Vaşingtondan farqli ravişda, Pekin hozirça bu uçraşuvni rasman tasdiqlagani yöq. Bugun, 26 oktyabr kuni ertalab Bessent jurnalistlarga “muzokaralar rahbarlar uçraşuvi uçun muvaffaqiyatli asos yaratganini” malum qildi.
Xitoy rasmiy bayonotida esa şunday deyiladi:
“Ikki tomon oçiq, çuqur va amaliy muloqotlar olib bordi hamda özaro manfaatli asosiy iqtisodiy va savdo masalalari böyiça maslahatlaşuvlar ötkazdi”.Bayonotga köra, muhokama qilingan asosiy masalalar quyidagilar bölgan:
- AQŞning Xitoy dengiz logistikasi va kemasozlik sohasiga nisbatan jazo çoralari;
- özaro tariflar;
- fentanilga oid tariflar;
- qişloq xöjaligi savdosi;
- eksportga qöyilgan çeklovlar.
“Ikki tomon öz ehtiyoj va manfaatlarini hisobga olgan holda umumiy kelişuvga erişdi. Tomonlar endi aniq texnik detallarni işlab çiqiş va içki tasdiq jarayonlarini yakunlaşga kelişib oldi”, deyiladi Xitoy bayonotida.