USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ölgan ayol olti kişining hayotini saqlab qoldi

93 марта

Ölgan ayol olti kişining hayotini saqlab qoldi

Qozoğistonning Olmaota şahridagi Markaziy şahar klinik şifoxonasi bazasida vafot etgan 63 yoşli ayoldan bir neçta organlar olindi. Ayol donor bölib, olti kişining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.


Qayd etilişiça, vafot etgan ayol 1962 yilda tuğilgan va uning yuragi 1988 yilda tuğilgan bemorga, jigari esa 1982 yilda tuğilgan bemorga köçirib ötkazilgan. Öng buyragi 1996 yilda tuğilgan erkak hayotini saqlab qolgan, çap buyragi esa 1966 yilda tuğilgan, 2017 yil oktyabrdan buyon transplantatsiyani kutib kelgan bemorga ötkazilgan. Bundan taşqari, donorning köz şox pardalari 1983 va 1956 yilda tuğilgan ikki bemorga köriş imkonini qaytargan.

Operatsiyani Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Respublika transplantatsiya markazi taşkilllaştirgan va nazorat qilgan. Jarayonda Olmaotaning yetakçi tibbiyot markazlari, Kardiologiya va içki kasalliklar instituti, S. Sizganov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi hamda Markaziy şahar klinik şifoxonasi mutaxassislari iştirok etgan. 

Qayd etiş joizki, şifokorlar donorning yoşiga qaramay, uning organlari yaxşi holatda bölgani va ularning faoliyatini davom ettiriş mumkinligini takidladi. Bu yana bir bor donor yoşi inson hayotini saqlab qolişda tösiq emasligini tasdiqlaydi.
Respublika markazi donorlik uçun marhumning oilasiga ularning jasoratli qarori uçun çuqur minnatdorlik bildirgan, şuningdek, murakkab jarayonni yuqori darajada ötkazişga muvaffaq bölgan tibbiyot mutaxassislarining hamjihatlikdagi mehnatini etirof etgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: