Rossiyaning bir qator hududlarida 2026 yilda migrantlar uçun patent qimmatlaydi
31-10-2025, 09:18
526 марта

2026 yil 1 yanvardan Rossiyaning köplab hududlarida mehnat migrantlari uçun patent narxi oşadi. Bir qator subektlar allaqaçon jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği (JŞDS) böyiça qatiy belgilangan avans tölovi yoki patent uçun oylik tölov miqdorini hisoblaş uçun qöllaniladigan yangi koeffitsiyentlarni elon qildi, deb xabar berdi Asia-Plus.
Mahalliy mamuriyatlarning takidlaşiça, çet el fuqarolari uçun patent tölovlarining oşirilişi hududiy byudjetlar daromadini sezilarli darajada köpaytiriş imkonini beradi.
Şunday qilib, Tyumen viloyatida patent narxi 22 foizga oşadi va yangi yildan boşlab 11 471 rublni taşkil etadi. Joriy yilda uşbu mintaqada patent narxi 9385 rublni taşkil etdi.
Kamçatka ölkasida mehnat migrantlari uçun patent narxi 9 mingdan 13,8 ming rublgaça oşadi. Tegişli qonun ölka qonunçilik majlisi deputatlari tomonidan qabul qilingan, unga köra, xorijiy işçilar uçun hududiy koeffitsiyent 2,9 dan 4,1 ga oşirilmoqda.
Irkutsk viloyatida 2026 yil 1 yanvardan boşlab patent uçun oylik tölov miqdori 12 ming rubl etib belgilandi. Hozir bu hududda patent 11 ming rubl turadi.
Sankt-Peterburg şahri va Leningrad viloyatida mehnat migrantlari uçun patent narxi hozirgi 6000 dan 8000 rublgaça oşadi. Uşbu mintaqalar mamuriyati patent narxini oşiriş böyiça qöşma qaror qabul qildi.
Novosibirskda çet el fuqarolari uçun patent narxi 10 860 rublgaça kötariladi, bu 2025 yilga nisbatan 11 foizga (yoki 954 rublga) köpdir. Rasmiylarga köra, patent narxining oşişi viloyat byudjetiga qöşimça 2,5 milliard rubl keltiradi.
Krasnodarda patent narxi taxminan 59 foizga oşadi va 2026 yildan boşlab 27 ming rublni taşkil qiladi.
Sverdlovsk viloyati hukumati, şuningdek, işlaydigan çet el fuqarolari uçun oylik tölovni 7500 rubldan 9500 rublgaça oşirişga qaror qildi. Prognozlarga köra, ösiş viloyat byudjetiga qariyb 4 milliard rubl qöşimça daromad keltiradi.
Primore ölkasi parlamenti 2026 yildan patent narxini 13 800 rublgaça oşiriş töğrisida qaror qabul qildi.
Takidlaş joizki, Rossiyaning aksariyat hududlarida mehnat migrantlari uçun patent narxi har yili oşib bormoqda. Oylik tölov miqdori mintaqaga qarab farq qiladi.
Patent migrantlarga muayyan hudud va faoliyat sohasida işlaş huquqini beradi. Patent oliş uçun migrantlar taxminan 30 ming rublga tuşadigan hujjatlar töplamini yiğişi kerak.