“Ukraina kelajagi Yevropa Ittifoqi qölida” — Zelenskiy
5-11-2025, 23:54
174 марта

“Ukraina kelajagi Yevropa Ittifoqi qölida” — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatining kelajagi Yevropa Ittifoqi (EI)qölida ekanini aytdi. U bu haqda Euronews naşriga bergan intervyusida malum qildi.Zelenskiy intervyu davomida YeIga qöşiliş istagini yana bir bor tasdiqlagan. Unga 2030 yilgaça Ukraina Yevropa Ittifoqiga azo böliş ehtimoli haqida savol berilganda, u bu hozirça “ilmiy fantastikaga öxşaş” tuyulişini bildirgan. Ammo u Ukraina bu sanadan avvalroq Ittifoqqa qöşilişiga işonişini takidlagan. Prezident bu jarayon adolatli bölişi kerakligini aytgan.
“Barçasi halol tarzda, Ukraina özini himoya qilayotgan va uruş tugagan paytda bölişini istayman”, degan u.Zelenskiyning mazkur bayonoti YeIning yillik kengayiş hisoboti davriga töğri kelgan. Hisobotda Ukraina azo böliş yölida katta qatiyat körsatgani etirof etilgan. Biroq korruptsiyaga qarşi kuraşda hali hal qilinişi kerak bölgan muammolar borligi qayd etilgan.
Zelenskiy mamlakat YeI azoligiga tayyorgarlik uçun barça çoralarni körayotgani, jumladan, korruptsiyaga qarşi tizimni kuçaytirayotganini takidlagan. Hozirça Yevropa komissiyasi fikriça, Ukraina YeI bilan muzokaralarni boşlaş uçun zarur bölgan oltita yönalişdan uçtasida talablarni bajargan.
Zelenskiy intervyu davomida YeIning Rossiyaga qarşi joriy etgan sönggi sanktsiyalar paketini olqişlagan. Unga köra, bu sanktsiyalar Rossiya iqtisodiyotiga bosimni kuçaytirib, uruş byudjetini qisqartirişga yordam beradi.
“Evropa yetakçilarining yordamisiz bizga juda qiyin bölardi. Ular gaz importi va energiya tizimini tiklaş uçun jihozlar yetkazişda ham yordam bermoqda”, degan Zelenskiy.Ukrainaning energiya infratuzilmasi hozirda Rossiya dron va raketa hujumlaridan jiddiy zarar körmoqda. Mamlakat Ukraina—Rossiya uruşining törtinçi qişiga tayyorgarlik körmoqda.