Ukrainaning elita jangçilari taqdirlaş marosimida öldirildi
6-11-2025, 14:33
75 марта

Ukrainaning elita jangçilari taqdirlaş marosimida öldirildi
Rossiya 1 noyabr kuni Ukrainada elita harbiylarini taqdirlaş marosimida raketa uçirdi. Oqibatda bir neçta ukrainalik askar halok böldi va yaralandi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.Ukraina rasmiylari hodisa yuzasidan “ehtimoliy beparvolik” böyiça tergov boşlagan. Hujumda neça nafar askar halok bölgani nomalum. Ukrainalik jurnalist Dmitriy Svyatnenkoning sözlariga köra, uning akasi — elita dron operatori marosim paytida halok bölgan. 43 yoşli Vladimir Svyatnenko 35-alohida dengiz piyodalari brigadasida xizmat qilgan edi.
“U va uning safdoşlari mukofot oliş uçun saf maydoniga yiğilgan edi. Eng yaxşilari töplangandi. Brigadaning eng yaxşi uçuvçilari va piyoda askarlari qömondonlik tartibida töplanganida oçiq joyda ballistik raketa uçib keldi. Beparvolik yana takrorlandi. U (akam) Krinki, Kuraxove, Marinka va Krasnogorovka janglarida dözaxni boşidan keçirgan edi... Uni ruslar öldirdi, lekin jang maydonida emas”, degan Svyatnenko.Hujum oqibatida 35-alohida dengiz piyodalari brigadasida xizmat qilgan ukrainalik fotograf va harbiy xizmatçi Kostiantin Huzenko ham halok bölgan. Bundan taşqari, yaqin atrofdagi qişloqlarda tört nafar tinç aholi, jumladan 11 va 14 yoşli bolalar ham ölgan, yana olti kişi yaralangan.
Ukraina davlat tergov byurosi (SBI) havo trevogasi paytida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinganmi yoki yöqligini, harbiylarga bazada tegişli boşpana berilgani yoki yöqligini tekşirmoqda.
Malumot uçun, 2023 yil noyabr oyida Zaporoje viloyatida ötkazilgan taqdirlaş marosimida ham Rossiya raketasi hujum qilgandi, oqibatda 19 nafar ukrainalik harbiy halok bölgan. Öşanda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu fojianing oldini oliş mumkin bölganini aytgan.