Rossiya endi uruşga borgan migrantlarni deportatsiya qilişni töxtatmoqçi
11-11-2025, 13:49
254 марта

Rossiya endi uruşga borgan migrantlarni deportatsiya qilişni töxtatmoqçi
Rossiya Mudofaa vazirligi bilan Ukrainadagi uruşda iştirok etiş uçun şartnoma tuzgan çet elliklar vataniga ekstraditsiya qilinmaydi. Tegişli özgartirişlar hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilindi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.Qayd etilişiça, çet elliklarni öz mamlakatlarida jinoiy javobgarlikka tortilişdan himoya qiliş maqsadida şunday çora körilmoqda. Davlat Dumasida hozirda uçta qonun loyihasi körib çiqilmoqda. Ular Rossiya armiyasida yoki harbiy tuzilmalarda xizmat qilgan, şuningdek, şartnoma asosida janglarda iştirok etgan çet elliklar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga tegişli.
Özgartirişlarga köra, bunday şaxslar mamuriy deportatsiya qilinmaydi. Buning örniga ular 1000 dan 50 000 rublgaça jarimaga tortiladi yoki 200 soatgaça jamoat işlariga hukm qilinadi.
Şuningdek, çet ellik fuqarolarning huquqiy holati töğrisidagi qonunga qöşimça kiritilmoqda. Unga köra, “2022 yil 24 fevraldan keyin” qabul qilingan deportatsiya, readmissiya, kirişni taqiqlaş, vaqtinçalik yaşaş muddatini qisqartiriş va “VNJ”ni (yaşaş uçun ruxsatnoma) bekor qiliş haqidagi qarorlar “öz kuçini yöqotadi va ijro etilmaydi”. Xuddi şu narsa patentlar va iş ruxsatnomalarini beriş yoki yangilaşdan boş tortiş yoki uşbu hujjatlarni bekor qiliş uçun ham amal qiladi.