USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Rossiya bilan tinçlik muzokaralarini töxtatdi

143 марта

Ukraina Rossiya bilan tinçlik muzokaralarini töxtatdi

Rossiya va Ukraina örtasida şu yil davomida bölib ötgan tinçlik muzokaralari natija yöqligi sababli töxtatildi. Bu haqda 11 noyabrda, Ukraina Taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Kislitsa “The Times” gazetasiga bergan intervyusida malum qildi.

Uning sözlariga köra, 2025 yil yozidan beri Kiyev xalqaro hamkorlarni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bosimni kuçaytirişga va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan şaxsiy uçraşuvga undaşga urinib kelgan.
“Diktatura şaroitida diktatorni namoyon qiluvçi muzokara guruhlari bilan samarali muloqot olib boriş mumkin emas. Ular juda qattiq mandatga ega va ularga berilgan yöriqnomadan çetga çiqolmaydi”, dedi Kislitsa, Istanbulda bölib ötgan Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uçraşuvlariga işora qilib.
Istanbuldagi muzokaralar may, iyun va iyul oylarida uç bosqiçda ötgan. Ukraina şartsiz öt oçişni töxtatiş va fuqarolik infratuzilmasiga zarbalarni töxtatişni talab qilgan. Rossiya Prezidenti yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçiligidagi rossiyalik delegatsiya esa sulhdan boş tortgan va Moskva anneksiya qilgan hududlarning tan olinişini, şuningdek, Ukraina qurolli kuçlari sonini çeklaşni talab qilgan.
Kislitsa intervyusi çop etilgandan keyin, Rossiya TIV Kreml Turkiyada muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini bildirdi.
“Turkiyalik vakillar bir neça bor muzokaralarni qayta tiklaşni taklif qilişgan. Rossiya tomoni tayyor, töp Ukraina tarafida”, dedi 11 noyabr kuni TASS agentligiga bergan izohida Rossiya TIVning MDH mamlakatlari böyiça ikkinçi departamenti rahbari Aleksey Polişuk.
Polişukning takidlaşiça, avvalgi uçraşuvlarda “gumanitar sohada muhim kelişuvlar” – harbiy asirlarni keng kölamda almaşiş, halok bölganlarning jasadlarini qaytariş va fuqarolik şaxslarini repatriatsiya qiliş böyiça kelişuvlarga erişilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: