19 yoşli qiz sevgilisining tilini tişlab, uzib oldi
13-11-2025, 17:08
4 662 марта
19 yoşli qiz sevgilisining tilini tişlab, uzib oldiQirğizistonda ğayritabiiy va hayratlanarli hodisa yuz berdi. Joriy yilning 8 noyabr kuni Manas tumanida 19 yoşli qiz 26 yoşli sevgilisining tilini tişlab, uzib oldi. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.
Jalolobod viloyati klinik şifoxonasi direktori Qumar Botokarayev yigit oğir jarohat bilan olib kelinganini tasdiqlagan.
“Yigitning til uçidan va pastki labining bir qismi çaynab taşlangan. Bemor operatsiya qilindi, zarar körgan joylar tiklandi. Hozir u jağ-yuz jarrohligi bölimida davolanmoqda. Til tiklanişi mumkin. Bunday jarohatlar epilepsiya holatlarida uçraydi, lekin öpişiş paytida – bu mening amaliyotimda birinçi marta”, deydi şifokor.