Qozoğistonda bloger Mellstroy qidiruvga berildi
17-11-2025, 11:42
124 марта

Qozoğistonda bloger Mellstroy qidiruvga berildi
Qozoğiston Moliyaviy monitoring agentligi 26 yoşli Belarus fuqarosi Andrey Burim – Mellstroy taxallusi bilan maşhur blogerni qidiruvga berdi. Bu haqda Qozoğiston Boş prokuraturasi maxsus statistik va huquqiy hisoblar portaliga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.Naşrga köra, qidiruv 15 noyabr kuni Ostona şahrida röyxatga olingan va uni Moliyaviy monitoring agentligining şahar böyiça iqtisodiy tergovlar bölimi olib bormoqda. Qidiruv sabablarining tafsiloti oşkor qilinmagan.
2024 yil fevralida bloger Rossiya hududida ham qidiruvga berilgan edi. Uning ota yurtida, Belarusda, xizmatdan böyin tovlaş böyiça jinoyat işi oçilgan.
2025 yil noyabr boşida Belarusda Mellstroy’ning barça platformalardagi kanallari, logotiplari va belgilari ekstremistik deb topilgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlarning aniqlaşiça, Burim internetda odamlarni noqonuniy harakatlarni videoga olişga çaqirgan va buning evaziga mukofot bergan. Şu sababli 2025 yilning oktyabr oyida Belarusda bezorilik va jamoat tartibini buziş holatlari qayd etilgan.
Mellstroy xavfli va hayratlanarli çiqişlari bilan maşhur bölib, u tomoşabinlardan donat oladi. 2020 yilning oktyabrida u jonli efirda model Alena Yefremovani urgani uçun yarim yil jazo işlari va kompensatsiya tölaşga majbur bölgan.