Polşada harbiy ahamiyatga ega temiryöl portlatildi
17-11-2025, 20:45
125 марта

Polşada harbiy ahamiyatga ega temiryöl portlatildi
Polşada nomalum şaxslar Varşava va Lyublin örtasidagi temiryölni portlatdi. Mamlakat rasmiylari buni diversiya deb atamoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.Qayd etilişiça, Varşava–Lyublin yönalişi böylab harakatlangan poyezd maşinisti temiryölning vayron bölgan qismini payqab qolgan. Dastlabki malumotlarga köra, relslar portlovçi qurilma yordamida şikastlangan.
Maşinist dispetçerlik markaziga xabar berişga ulgurgan. Şundan söng yönaliş böyiça harakat darhol töxtatildi.
Polşa Boş vaziri Donald Tusk X (sobiq Twitter) platformasida portlovçi qurilma qöllangan diversiya röy berganini tasdiqladi. Tergovçilar yölning Lyublin tomonga yaqinroq joyida yana bir şikastlangan rels qismni topişdi. Polşa prokuraturasi va maxsus xizmatlar mazkur holat yuzasidan tergovni boşlagan, biroq hozirça portlaş ortida kim turgani nomalumligiça qolmoqda.
“Mintaqadagi temiryöl alohida nazorat ostida, çunki aynan şu yönaliş orqali Ukrainaga harbiy yuklar yetkaziladi”, deyiladi xabarda.