Rossiya “qora röyxati”dan 160 mingga yaqin özbekistonlikning ismi öçirildi
19-11-2025, 08:33
411 марта

Rossiya “qora röyxati”dan 160 mingga yaqin özbekistonlikning ismi öçirildi
Rossiya Içki işlar vazirligining nazorati ostidagi şaxslar reyestridan 160 mingga yaqin Özbekiston fuqarosi çiqarib taşlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, ularning 70 mingdan ortiği migratsiya organlarida huquqiy maqomini tartibga solgani, qolganlari esa Rossiyadan belgilangan muddatlarda çiqib ketgani yoki boşqa sabablarga köra çiqarilgan.
Aytilişiça, 2025 yilning 9 oyi davomida Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan 50 ming 172 ta murojaat körib çiqilgan. 3246 fuqaroga işga joylaşiş yoki işda kelib çiqqan mehnat nizolarini hal etişda yordam körsatilgan. 276 ta iş beruvçi bilan muzokaralar ötkazilgan. 58 ming 677 ta yangi iş örni aniqlangan. 381 fuqaroga vijdonsiz iş beruvçilardan 309 ming 918 dollar miqdorida maoşni undirişda yordam berilgan, 44 ta potentsial iş beruvçining işonçliligi tekşirilgan.
Şuningdek, 1323 fuqaroga iş beruvçilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qöyilgan pasportlari qaytarib berilgan. Oğir vaziyatga tuşib qolgan 552 fuqaroga 125 ming 303 dollar miqdorida moliyaviy va moddiy yordam körsatilgan.
Bundan taşqari, xabarda joriy yilning 1 yanvaridan 10 sentyabriga qadar migratsiya amnistiyasi joriy etilgani mazmunini fuqarolarga tuşuntiriş, ularni belgilangan muddatlarda migratsiya organlariga murojaat qiliş yoki Rossiyadan çiqib ketiş bilan huquqiy maqomni tartibga solişga çaqiriş böyiça amalga oşirilgan kompleks tadbirlarda Rossiyadagi Özbekiston konsullik muassasalariga legalizatsiya masalasi böyiça 84 ming 409 fuqaro murojaat qilgani va ularga tegişli maslahatlar berilgani keltirilgan.
Yirik korxonalar va fuqarolar yaşaydigan joylarda 221 ta sayyor uçraşuv taşkil etilgan, ularda taxminan 20 ming özbekistonlik iştirok etgan.