Xitoy arzon narxlar bilan Germaniya bozorini sindiryapti
20-11-2025, 22:32
91 марта

Xitoy arzon narxlar bilan Germaniya bozorini sindiryapti
Xitoy mahsulotlarining Germaniyaga importi yanvar–sentyabr oylarida keskin oşdi. Nemis ekspertlari Xitoy kompaniyalarini dampingda ayblab, Yevropa Ittifoqidan tariflar joriy etişni talab qilmoqda. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Federal statistika boşqarmasi (Visbaden) malumotiga köra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Germaniyaning Xitoydan importi 8,5 foizga oşib, 124,5 milliard yevroga yetgan.
Natijada Xitoy AQŞni ortda qoldirib, yana Germaniyaning eng yirik savdo şerigiga aylangan. Ikki davlat örtasidagi umumiy savdo hajmi — import va eksportni qöşganda — 185,9 milliard yevroni taşkil etdi.
Şu bilan birga, Germaniyaning Xitoyga eksporti 12,3 foizga kamayib, 61,4 milliard yevroga tuşdi.
2016 yildan 2023 yilgaça Xitoy Germaniyaning boş savdo şerigi bölib kelgan. 2024 yilda bu örinni AQŞ egallagan edi. Ammo joriy yil boşidan AQŞ Prezidenti Donald Trampning tarif siyosati tufayli Germaniyaning Qöşma Ştatlarga eksporti qisqarib, umumiy savdo hajmi pasaydi.
Kyolndagi Germaniya Iqtisodiyot instituti ekspertlariga köra, AQŞ bilan savdo uruşi oqibatida Xitoy eksportining bir qismi Germaniya bozoriga yönaltirilmoqda. Şu bilan birga, Germaniyada Xitoy mahsulotlari narxi 2025 yilning birinçi yarmida ötgan yilga nisbatan 4 foizga arzonlaşgan. Xitoy yetkazib beruvçilari Germaniya bozoriga damping narxlarida kirişga urinmoqda.