Rossiya diversiyalari çegaradan ötdi – Polşa
21-11-2025, 21:53
122 марта

Rossiya diversiyalari çegaradan ötdi – Polşa
Polşa Boş vaziri Donald Tusk bugun, 21 noyabr kuni bildirişiça, Rossiya tomonidan ilhomlantirilgan va taşkil etilgan diversiyalar mamlakatni beqarorlaştiriş va zaiflaştirişga qaratilgan bölib, ularda “davlat terrorizmi” belgilarini köriş mumkin.Ötgan hafta oxirida Varşava-Lyublin yönalişidagi temiryöl relslari portlaş oqibatida zararlandi. Bu yöl Polşa poytaxtini Ukraina çegarasi bilan boğlaydi. Tusk buni “diversiya akti” deb atadi.
Moskva esa ayblovlarni rad etdi, Polşa hukumatini “rusofobiya”da aybladi va Rossiyadagi Polşa diplomatik muassasalarining faoliyati ham çeklanişini malum qildi.
“Sönggi hodisalar heç qanday işonç qoldirmaydi: Rossiya mamlakatimizni beqarorlaştirişga qaratilgan gibrid uruşning navbatdagi bosqiçini amalga oşirmoqda”, dedi Tusk parlamentda.Uning aytişiça, Kreml xizmatlari tomonidan bir neça oy davomida ilhomlantirilib, töğridan töğri taşkil etilgan diversiya amallari yaqin paytda “tanqidiy çegaradan ötdi” va buni endi davlat terrorizmi deb ataş mumkin.