Qozoğistonliklar uruşga çorlanmoqda. Holat yuzasidan tekşiruv boşlandi
29-04-2025, 11:56
422 марта
Qozoğistonda xorijiy davlatdagi uruşda qatnaşişga davat qiluvçi varaqalar tarqatilişi holatlari böyiça tekşiruv ötkazilmoqda. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.Naşrning yozişiça, sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uruşda qatnaşişga davat qiluvçi varaqalar tasvirlangan suratlar tarqatilmoqda. Uşbu bukletlarda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi va uning aloqa malumotlari körsatilgan. Bunday suratlarni öquvçilar “Tengrinews.kz” tahririyatiga yuborgan. Ularning davo qilişiça, varaqalar Qozoğiston şaharlarida – Astana, Olmata va Atiraudagi köçalarda tarqatilgan.
Mazkur holat yuzasidan naşr Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) va Içki işlar vazirligiga (IIV) rasmiy sörovlar yuborgan. Milliy xavfsizlik qömitasining xabar berişiça, internetda uşbu varaqalarning joylaştirilişi böyiça tekşiruv olib borilmoqda.
“Biroq ularning şaharlarda va viloyatlarda jismoniy tarqatilgani haqidagi malumotlar tasdiqlanmadi. Bu şundan dalolat beradiki, varaqalar faqat internet orqali tarqatilgan, lekin amalda köçalarda tarqatilmagan”, deyiladi xabarda.
IIV ham varaqalar tarqatilganini aniqlamaganini bildirgan.
“Şu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda boşqa davlatlarning qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzişga va buning uçun pul mukofoti olişga davat qiluvçi materiallar joylaştirilgan holatlar mavjud”, deya qöşimça qilgan vazirlik.
Bu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi va maxsus organlar tekşiruv olib bormoqda.
IIV Qozoğiston fuqarolariga mamlakat qonunçiligiga rioya qilişni va oğir huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan harakatlardan tiyilişni qatiy tavsiya qilmoqda.
Malumot uçun, Qozoğistonda fuqarolarning boşqa davlatning qurolli töqnaşuvida yoki harbiy harakatlarida qasddan noqonuniy iştirok etişi yollanma belgilari bölmasa, 5 yildan 9 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi (Jinoyat kodeksining 172-moddasi).