USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oq uy yonida otişma. Milliy gvardiya vakillari otib ketildi

746 марта

Oq uy yonida otişma. Milliy gvardiya vakillari otib ketildi

Keça, 26 noyabr kuni AQŞning Vaşington şahrida, Oq uydan unça uzoq bölmagan hududda ikki nafar Milliy gvardiya xizmatçisi otib ketildi. Bu haqda maxfiy xizmat vakiliga tayanib, “The Waşington Post” xabar berdi.
Jarohat olgan harbiylarning ahvoli juda oğir ekani aytilmoqda. CNN malumotiga köra, otişma vaqtida bir neçta odam jarohatlangan, ular orasida kamida bir nafar gvardiyaçi bor. Vaşington politsiyasining malum qilişiça, otişma 17-köça va 1-köça kesişgan joyda – Oq uyga atigi bir blok masofada sodir bölgan. Politsiya gumonlanuvçini qölga olgan.
Keyinçalik Içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ham ikki nafar milliy gvardiyaçining yaralanganini tasdiqlagan. Oq uyda zudlik bilan lokdaun (binoga kiriş-çiqiş töliq çeklanadi) joriy etilgan.
Oq uy vakilining malum qilişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp tez orada murojaat bilan çiqadi. U otişma sodir bölişidan bir kun avval Florida ştatidagi Mar-a-Lago rezidentsiyasiga yetib borgan edi. U yerda 27 noyabr kuni nişonlanadigan Şukronalik kuni bayr
amini ötkazişi rejalaştirilgan.
Milliy gvardiya qöşinlari Vaşingtonda avgust oyining örtalarida joylaştirilgan. Ular jinoyatçilikka qarşi kuraş maqsadida aynan Trampning topşiriği bilan şaharga kiritilgan. 
Bildirilişiça, hujum qilgan şaxs yaralangan va qölga olingan. Rasmiylarga köra, u 2021 yilda Afğonistondan AQŞga kelgan.
Uşbu voqea böyiça suriştiruvni Içki xavfsizlik vazirligi hamda maxfiy xizmat birgalikda olib bormoqda.
Kolumbiya okrugi meri Myuriel Bauzerning sözlariga köra, Milliy gvardiya askarlariga hujum atayin qilingan. Uning aytişiça, gumonlanuvçi aynan şu askarlarni nişonga olgan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp voqeani “terrorizm akti” deb atagan. Truth Social’dagi xabarida u hujumçini “yovuz hayvon” deb tilga olgan va u qilgan jinoyati uçun “juda oğir javob” berişini yozgan. 
Guvohlarning aytişiça, voqea sodir bölgan hududda bir neça marta öq ovozi eşitilgan, odamlar vahimaga tuşib, panaga yugurişgan. CNN va boşqa OAVlar otişmadan keyingi manzaralarni tasvirga olgan: ikki askar yonida yerda yotgan uçinçi şaxsga ham tibbiy yordam körsatilgani köringan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: