AQŞ Ukrainaga kafolatlarni faqat bitimdan söng bermoqçi – “Politico”
27-11-2025, 15:05
95 марта

AQŞ Ukrainaga kafolatlarni faqat bitimdan söng bermoqçi – “Politico”
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Yevropa Ittifoqidagi hamkorlariga Vaşington Ukrainaga qandaydir xavfsizlik kafolatlarini faqat tinçlik bitimi imzolangandan keyingina berişga rozi bölişini aytdi. Bu haqda yevropalik diplomat va muzokaralar mazmunidan xabardor şaxsga tayanib, keça, 26 noyabr kuni “Politico” onlayn-naşri xabar berdi.Naşr takidlaşiça, Ukraina Ğarb tomonidan berilgan xavfsizlik kafolatlarini Rossiya bilan tinçlik bitimi tuziş uçun asosiy şart deb hisoblaydi. Şu bilan birga, AQŞ Prezidenti Donald Tramp göyoki “bitim imzolanmagunça Ukraina rahbarini Oq uyga taklif qilmasligini” bildirgani ham yoziladi.
Materialda qayd etilişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyatidan kelayotgan signallar “köp qirrali”dir. “Politico” malumotlariga köra, 25 noyabrda Yevropa vakillari bilan telefon orqali suhbat çoğida Marko Rubio Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari Tramp mamuriyati uçun ustuvor ahamiyatga ega ekani va ular tinçlik bitimining boşqa bandlaridan alohida, allaqaçon kelişilgan nuqtalardan taşqarida muhokama qilinayotganini aytgan.
“AQŞ barça şartlarni tezda yagona paket sifatida qabul qilişni istamoqda”, deydi yevropalik diplomat.Bundan taşqari, Davlat kotibi Yevropa vakillari bilan suhbatda tinçlik kelişuvi bilan boğliq boşqa masalalarga ham umumiy tarzda töxtalgan. Manbaga köra, bu masalalar Ukraina hududiy yaxlitligi va Rossiyaning muzlatilgan aktivlariga taalluqli bölgan.
Jurnalistlar sözlariga köra, ayrim Yevropa davlatlari Tramp mamuriyatining pozitsiyasi Rossiya foydasiga oğişi mumkinligidan xavotirda.
“Inson huquqlari, gumanitar huquq, xalqaro huquq yoki tamoyillar haqida bir oğiz ham söz yöq. Bu Yevropa xavfsizligining yangi, ammo teşiklarga töla arxitekturasini yaratyapti”, deydi naşr qahramoni bölgan diplomat.