USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya TIV rahbari: Rossiya va Ukraina tört yillik uruşdan söng tinçlikka tayyor

129 марта

Turkiya TIV rahbari: Rossiya va Ukraina tört yillik uruşdan söng tinçlikka tayyor

Tört yilga yaqin davom etayotgan uruş davomida ham Rossiya, ham Ukraina inson fojiasi kölamini kördi va öz çegaralarini anglab yetdi. Hozir ular avvalgidan köra köproq tinçlikka tayyor, deb hisoblaydi Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan.

Ukrainada töliq miqyosdagi uruş boşlanganiga deyarli tört yil ötganidan söng ham Moskva, ham Kiyev tinçlik şartnomasi tuzişga avvalgidan köra köproq tayyor, deb hisoblaydi Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan. U şunday fikrni Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyuda bildirdi, suhbat matni yakşanba, 30 noyabr kuni naşr saytida elon qilindi.

«Tört yillik halokatli uruşdan söng har ikki tomon tinçlik tuzişga avvalgidan köra köproq tayyor. Ular inson fojiasi va vayronagarçilik kölamini kördi va öz çegaralari qayerda ekanini tuşundi», — dedi Turkiya diplomatiyasi rahbari tinçlik şartnomasi tuziş imkoniyatlari oldingi taşabbuslar bilan soliştirilganda qay darajada ekani haqidagi savolga javob berib.
Fidan, u 13 yil davomida Turkiya Milliy razvedka taşkiloti (MIT)ga rahbarlik qilgani va hanuzgaça prezident Rajab Toyyib Erdöğanning eng işonçli odamlaridan biri hisoblanişini esga olgan holda, qöşimça qildi: «Janob Putin ham malum şartlar bajarilgan taqdirda tinçlik kelişuviga rozi bölişga tayyor». «Bu pozitsiya Ukraina tomoniga yetkazilgan va biz bu borada malum yönalişlarda faol işlayapmiz. Bu uruş Rossiya uçun ham juda katta xarajatlarni anglatadi», — dedi u.
Moskva Ukraina hududida NATO qöşinlari joylaşişiga qarşiligini hisobga olgan holda, Kiyev qanday xavfsizlik kafolatlarini olişi mumkinligi haqida fikr yuritar ekan, Fidan şunday dedi: «NATO kuçlari — NATOga tegişli bölişi şart bölmagan xalqaro kuzatuvçi kuçlar bilan bir hil emas. Hozir muhokama qilinayotgan eng asosiy element — bu Ukraina uçun AQŞ tomonidan NATO şartnomasining 5-moddasiga öxşaş xavfsizlik kafolati (yani NATOning bir azosiga qilingan hujum barça azolarga qilingan hujum sifatida qaraladi – tahr.)».

Turkiya taşqi işlar vaziri Ukraina xavfsizlik kafolatlarining yana bir muhim qismi — ukrain qurolli kuçlari salohiyati ekanini eslatdi. «Evropa mamlakatlari haqli ravişda aytmoqdaki, suveren davlat bu masala böyiça qarorni mustaqil qabul qiladi. Rossiya esa, aksinça, (Ukraina qurolli kuçlari soni böyiça – tahr.) yuqori çegarani öz xavfsizligiga doir kafolatning bir qismi deb hisoblaydi», — deya u Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik şartnomasini tuziş uçun hal etilişi lozim bölgan muammoni tasvirlab berdi.
Intervyuning keyingi qismida Fidan Rossiya va Ukraina örtasida kelajakdagi tinçlik kelişuvi Yevropaning xavfsizligini taminlaşga qaratilgan moddalarini «etibor bilan örganiş» zarurligini takidladi. «Men buni kelgusidagi hujumlar oldini oliş uçun tarixiy imkoniyat deb bilaman», — dedi u.

«Bunday kelişuvda, qaysi sababga köra bölişidan qati nazar, tomonlardan biri ikkinçisiga hujum qilmasligi haqida aniq majburiyatlar bölişi kerak. Agar bunda kelişiş mumkin bölsa, bu mintaqada yana 50, 60, 70 yillik tinçlikni, balki undan ham köproqni anglatişi mumkin», — deb tuşuntirdi Turkiya TIV rahbari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: