Ukrainada aholi soni keskin kamayib ketdi – OAV
5-12-2025, 10:45
285 марта

Ukrainada aholi soni keskin kamayib ketdi – OAV
Ukrainadagi mojaro boşlanganidan beri aholi soni keskin kamaydi. 2022 yil fevralidan buyon mamlakat aholisi 42 milliondan 36 millionga tuşib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Ukrainaning tört yilga yaqin davom etayotgan mojaro fonida aholi kamayişi jiddiy darajaga yetgan. Ukrainadagi Milliy fanlar akademiyasi Demografiya instituti malumotiga köra, mojaro oldidan mamlakat aholisi 42 mln bölgan, hozir esa 36 mlndan ham kam.
Ukraina hukumati hozirgi dinamikaga köra, 2040 yilga borib aholi 29 millionga tuşib ketişi haqida ogohlantirmoqda.
AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasining “Dunyo faktlar kitobi”ga köra, 2024 yilda Ukrainada tuğiliş darajasi dunyoda eng past, ölimlar esa eng yuqori bölgan, har bir tuğilişga qariyb uçta ölim töğri kelgan.
Hukumat malumotiga köra, erkaklarning örtaça umr köriş davomiyligi mojarodan oldingi 65,2 yildan 2024 yilda 57,3 yilga tuşgan. Ayollar orasida esa bu körsatkiç 74,4 yildan 70,9 yilga kamaygan.
Ukraina iqtisodiy strategiya markazining 2025 yil mart oyidagi xabarida aytilişiça, 2022 yildan keyingi davrda mamlakatni tark etgan 5,2 million ukrainalik xorijda – asosan Rossiya, Germaniya va Polşada qolib ketgan.