Politico: AQŞ Ukraina Rossiyaga butun Donbassni berişini xohlamoqda
9-12-2025, 10:34
127 марта

«Hudud masalasida amerikaliklarning pozitsiyasi oddiy: Rossiya Ukrainani hududlardan voz keçişga majbur qilişni talab etmoqda — amerikaliklar esa bunga qanday erişiş mumkinligini öylamoqda, — deya keltiradi naşr suhbatdoşining sözlarini. — Amerikaliklar Ukraina Donbassni taşlab ketişi kerak, deb turibdi… qay tarzda bölmasin».
Öz navbatida Kiyev har qanday tinçlik kelişuvi joriy front çiziği böyiça harbiy harakatlarni muzlatib qöyişni öz içiga olişi kerakligini takidlayotgani eslatiladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqoti çoğida 8 dekabr kuni «Ukraina Rossiya foydasiga öz hududlaridan voz keçiş uçun na huquqiy, na manaviy huquqqa ega emas», dedi. Rossiya esa, «şubhasiz, ukrainlar hududlarni berib qöyişini talab qilmoqda», deya Ukraina rahbarining sözlarini öz saytida keltiradi «Ukrinform» agentligi.
Şu bilan birga, AQŞ «ikki tomonni ham qoniqtiradigan murosali yeçim izlaş ustida iş olib bormoqda», deya qayd etdi Zelenskiy.
Reuters agentligi malumotlariga köra, hozirgi kunga kelib RF Ukraina hududining 19,2 foizini nazorat qilmoqda, şu jumladan Qrim, Luxansk viloyatining töliq hududi, Donetsk viloyatining 80 foizidan köproği, Xerson va Zaporijjya viloyatlarining taxminan 75 foizi, şuningdek Xarkiv, Sumi, Mikolayiv va Dnipropetrovsk viloyatlarining ayrim qismlari.