USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Isroil Ğazoda qoidabuzarliklarni davom ettirar ekan, sulhning ikkinçi bosqiçi boşlanmaydi” — HAMAS

88 марта

“Isroil Ğazoda qoidabuzarliklarni davom ettirar ekan, sulhning ikkinçi bosqiçi boşlanmaydi” — HAMAS

Falastinning HAMAS harakati 9 dekabr kuni Ğazoda Isroilning qoidabuzarliklari davom etar ekan, öt oçişni töxtatiş rejasining ikkinçi bosqiçiga ötib bölmasligini malum qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Guruh sulhga vositaçi davlatlarni Isroilga kelişuvga rioya qiliş uçun bosim ötkazişga çaqirmoqda. AQŞ homiyligidagi uşbu sulh kelişuvi 10 oktyabrdan beri kuçda bölib, u 2023 yil 7 oktyabrda boşlangan HAMAS va Isroil örtasidagi uruşga barham bergan. Ammo tomonlar deyarli har kuni bir-birini kelişuvni buzişda ayblayotgani sababli vaziyat keskinligiça qolmoqda.


Ayni paytda, Isroil rasmiysining malum qilişiça, sentyabr oxiridan beri ilk marta 10 dekabr kuni Iordaniya va bosib olingan Ğarbiy Sohil örtasidagi Isroil nazoratidagi Allenbi nazorat punkti Ğazo uçun möljallangan yordam yuk maşinalari ötişi uçun qayta oçiladi.
Hamas siyosiy byurosi azosi Husam Badron Isroilni Ğazodagi sulh kelişuviga rioya qilmaslikda ayblamoqda. Uning takidlaşiça, kelişuv şartlariga köra, Isroil Misr bilan çegaradagi Rafah nazorat punktini qayta oçişi va hududga kirib kelayotgan yordam miqdorini oşirişi kerak edi. Badron Misr, Qatar va Qöşma Ştatlar kabi vositaçilarni Isroilga “öt oçişni töxtatiş kelişuvining birinçi bosqiçini töliq yakunlaş” uçun bosim ötkazişga çaqirmoqda.

Kelişuvning birinçiu bosqiçi şartlariga köra, falastinlik jangarilar hududda uşlab turilgan 48 nafar tirik va halok bölgan asirlarni ozod qilişi kerak edi. Hozirgaça bitta jasaddan taşqari barça garovdagilar ozod etilgan. Buning evaziga Isroil asirligidagi qariyb 2000 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan va yuzlab halok bölgan falastinliklarning jasadlarini qaytargan. Sulhning birinçi bosqiçi, şuningdek, Ğazoga sezilarli darajada köproq gumanitar yordam kirişini nazarda tutgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: