Rossiyada qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklarga 30 kungaça bepul yotoq beriladi
13-12-2025, 13:25
215 марта

Rossiyada qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklarga 30 kungaça bepul yotoq beriladi
Rossiya Federatsiyasida işlaş jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tuşib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zöravonlikka uçragan, şuningdek, majburiy mehnat qurboni bölgan Özbekiston fuqarolariga moddiy va ijtimoiy yordam körsatiladi.Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva şahri va Moskva viloyatidagi 15 ga yaqin hostel hamda sutkalik mehmonxonalar bilan hamkorlik şartnomalarini imzoladi.
Turar joysiz qolgan va murakkab moliyaviy ahvolda bölgan fuqarolar Moskva şahri, 1-Kazaçiy tor köçasi, 11/2-uy (Polianka metro bekati) manzilida joylaşgan vakolatxonaga murojaat qilişi mumkin. Vaziyat örganilgaç, ularga 30 kungaça bepul yotoq joy ajratiş imkoniyati yaratiladi.
Hozirda Şimoli-ğarbiy, Ural, Sibir, Uzoq Şarq va Janubiy federal okruglarda ham hostel va mehmonxonalar bilan şartnoma tuziş işlari olib borilmoqda.
Mazkur yordam çoralari Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qaroriga asoslanadi. Xorijda işlayotgan fuqarolar uçun möljallangan yordam paketlari haqida batafsil malumot xorijdaiş.uz platformasida keltirilgan